Kompaniya haqida
Tarixdan
"COSCOM" MChJ XK 1996 yil aprel oyida MCT Telecom Corp(99.2%) hamda mahalliy hamkor orasidagi (0.8%) Qo‘shma Korxona tarzida tashkil etilgan.
Zamonaviy uyali aloqa tizimini GSM 900 ⁄ 1800 standarti bo‘yicha rivojlantirish, korxonaning asosiy faoliyati yo‘nalashidir. Ilk tarmoq Samarqand shahrida ishga tushirilib, keyinchalik butun mamlakatni qamrab oldi.
1997 yildan boshlab "COSCOM" MChJ XK Xalqaro GSM Assotsiatsiyasi a‘zosi hamda 1998 ylidan esa Rossiya GSM Assotsiatsiyasi a‘zosi bo‘lib kelmoqda.
"COSCOM" kompaniyasi o‘z mijozlari uchun1998 yil O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Xalqaro Avtomatik Rouming xizmatini ishga tushirdi. 2002 yil Thuraya sputnik operatori bilan kelishuv imzolanib, unga ko‘ra kompaniya abonentlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida tarmoqli qatlamga ega rouming-tizimidan foydalanishlari mumkin. 2004 yil esa kompaniya yana birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda Prepaid tizimini ishga tushirib, ISO 9001-2000 sertifikatiga ega bo‘ldi.
Bugun
2007 yil iyul oyida TeliaSonera shved-finn Kompaniyasi "COSCOM" MChJ XK ning asosiy aktsioneriga aylandi. O‘z navbatida bu kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida yetakchi yevropa o‘yinchilaridan hisoblanadi.
TeliaSonera Kompaniyasi 1993 yil GSM texnologiyalarini ochish ishtirokchilaridan biri bo‘lib sanaladi. Bu ochiq turdagi, ya‘ni 700000 ta aktsionerni va 28000 ta ishchini o‘z ichiga olgan kompaniya hisoblanadi. TeliaSonera kompaniyasi dunyoning 18 ta mamlakatida o‘z faoliyatini yuritadi.
2008 yil "COSCOM" MChJ XK radio-kommutatsion uskunalarini zamonaviylashtirish rejalarini amalga oshirishga, 3G tizimini ishga tushirishga, o‘z abonentlari uchun yangi, zamonaviy xizmat turlarini taqdim etishga qo‘l urdi. Kompaniya abonentlari uchun yangi takliflarni taqdim etishga, O‘zbekistonning chekka hududlari aholisi ham kompaniya xizmatlaridan bemalol foydalanishlari uchun tarmoqni kengaytirish ishlariga alohida e‘tibor ko‘satilmoqda.
"Ucell" – "COSCOM" MChJ XKning savdo belgisi.
2008 yil iyul oyida "COSCOM" MChJ XK o‘zining yangi savdo belgisini ishga tushirdi, "COSCOM" brendi o‘rnini "Ucell" brendi egalladi.
"COSCOM" MChJ XKning Bosh Direktori Oguz Memiguvenning aytishlaricha; " Bizning rivojlanish strategiyamiz tarmoqni kengaytirish va aloqa sifatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.”
“Uyali aloqa operatorining ishi bu – har qanday masofada yaqinlari bilan muloqotda bo‘lish istagidagi turli qatlamdagi insonlarga yordam berishdir. Men barcha abonentlarimizga bizni tanlaganliklari va ishonchlari uchun minnatdorchiligimni izhor etib, kelajakda ham ishonchingizni oqlashga va‘da beraman.”