TeliaSonera

Insonlar va kompaniyalarning qiyinchiliksiz va unumli ravishda aloqada bo’lishlari uchun va atrof muhitga hech qanday ziyon yetkazmagan holda  TeliaSonera telekommunikatsiya xizmatlarini va tarmoqga kirish huquqini taqdim etadi.

Xalqaro kuch va mahalliy mahorat bizni haqiqatan noyob kompaniyaga aylantirmoqda va Skandinaviyadan boshlab Nepalgacha bo’lgan mamlakatlardagi bizning mijozlarimizga dunyo miqiyosidagi xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu birlik bizga birinchi darajali qit’alararo optik tolali tarmoqni yaratishda, Everestda 3G xizmatini amalga kiritishda va birinchilardan biri bolib 4G\LTE   to’rtinchi avlodni aloqa xizmatlar bozoriga chiqarishga yordam berdi.

Bizning xizmatlar Skandinaviya va Boltiq oldi mamlakatlarida, Yevrosiyoning rivojlanib borayotgan mamlakatlarining bozorlarida, shu jumladan Rossiya va Turkiya, hamda Ispaniya davlatlarida ham taqdim etiladi.

2011 yil may oyida biz umumiy ramzimiz ostida bo’lgan barcha davlatlardagi kabi brendimizni birlashtirdik. Ushbu ramzimizni ko’rishingiz bilan sizga nafaqat mahalliy operator xizmat ko’rsatayotganligini ko’rasiz, balki siz dunyoga eshik ochib beruvchi va yangidan yangi, ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi  TeliaSonera tarmog’iga ulanganligingizni anglaysiz.

Biz 1853 yildan beri o’z faoliyatimizni olib bormoqdamiz va telekommunikatsiya tarmog’ining yaratuvchisi, mobil aloqa tizimini kashfiyotchilaridan va GSM standartining asoschilaridan biri hisoblanamiz. Biz ma’lumotlar jamiyatining harakatlanuvchi quvvati bo’lib qolishni niyat qilib qo’yganmiz va har doim bir qadam oldinda bo’lishlari uchun mijozlarimizga yordam berishga harakat qilamiz. 20 yildan beri biz alohida olingan mahalliy operatorlar yordamida Yevropadagi hajmi bo’yicha beshinchi telekommunikatsiya guruhiga aylandik.

Biz telekommunikatsiya sanoatiga asos solgan holda o’z merosimizga sodiq qolamiz, hamda aloqa xizmatlari va ma’lumotlar o’tkazish bo’yicha o’sib borayotgan talablarga javob beruvchi yuqori sifatli tarmoqni moliyalashtirishni davom ettirmoqdamiz. Bugun va kelajakda biz o’z hamkorlarimiz va ta’minlovchilarimiz bilan birgalikda mijozlarimiz uchun eng yahshi bo’lgan imkoniyatlarni yaqdim etamiz. Mijozlarimiz kutganidan ham a’lo bo’lgan aloqa tajribasini, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz  kafolatini berishda doimiy ravishda harakat qilamiz.TeliaSonera guruh kompaniyalarida dunyo bo’yicha 28 000 dan ortiq xodimlar o’z faoliyatlarini yuritmoqda. 2011 yilda guruh sotuvlari bo’yicha jami 104 356 shved kronasini ($ 15.5 milliard atrofida) tashkil etdi. TeliaSonera aktsiyalari Stokgolm va Xelsinkidagi NASDAQ OMX fond birjalarida ro’yhatga olingan.

Kompaniya haqidagi batafsil ma’lumotlar quyidagi saytdan olishingiz mumkin: www.teliasonera.com



0 Like