To‘lov usuli
Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovni qanday usullar orqali amalga oshirishingiz mumkinligi haqida shu yerdan bilib olshingiz mumkin.
Uyali radio-telefon aloqa xizmatlariga to‘lovni naqd yoki pul o‘tkazish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Naqd to‘lovlar
Naqd to‘lash usulini jismoniy shaxslar milliy valyutada amalga oshirishlari mumkin. To‘lovlar kompaniyaning quyidagi sotuv joylarida qabul qilinadi:
- Mobile City Ucell (Toshkent shahri, V. Voxidov ko‘chasi, 118);
- Ucell filiallari;
- Ucell sotuv va xizmat ko‘rsatish markazlari;
- Ucell mini ofislari;
- PAYNET to‘lov punktlari.
Pul o‘tkazish usuli
Har oylik to‘lov hisobotiga asoslanib kompaniya mijozlari pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshiradilar.
To‘lovlar hisobotda ko‘rsatilgan kompaniyaning hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim. Kompaniya ofislariga murojat qilib har oylik to‘lov hisobotini olishingiz mumkin. Shuningdek , "Hisobotni eltib berish" pullik xizmatini sizga taklif qilamiz. Bunda to‘lov hajmi ko‘rsatilgan to‘lov hujjatlari kompaniyaning hisob raqamlari bilan birga siz ko‘rsatgan manzilga eltib beriladi.
UTK To‘lash usuli
| UTK kartalarining nominal narxlari | 3 000 So‘m | 5 000 So‘m | 10 000 So‘m |
So‘mli plastik kartalari orqali to‘lovlar
To‘lovlar uchun O‘zbekiston Respublikasining quyidagi banklarining plastik so‘m kartalarini qabul qilamiz:
| Ucell ofislarida qabul qilinadigan plastik kartochkalar banklarining ro‘yhati | |
|---|---|
| 1. | O‘zbekiston Respublikasining Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Milliy Banki |
| 2. | "Asaka" banki |
| 3. | "Pahtabank"aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 4. | "Xalq banki" DT |
| 5. | "Uzprivatbank" UMB |
| 6. | Ipoteka banki |
| 7. | "Trastbank" ABB |
| 8. | "Aloqa bank" |
| 9. | "Kapital bank"-aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 10. | "Savdogar bank" aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 11. | "G‘alla bank" aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 12. | "Turon bank" aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 13. | "Hamkor bank" aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 14. | O‘zbek-Turk banki |
| 15. | "Tadbirkor bank" aktsiyadorlik-tijorat banki |
| 16. | "Ipak Yo‘li" aktsiyadorlik innovatsion-tijorat banki |
Valyuta plastik kartalari orqali to‘lovlar
Ucell tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan shaxslar, Ucell xizmatlarini VISA Classic, VISA Business и VISA Gold valyuta kartalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Plastik kartalar orqali to‘lovlar faqat quyidagi manzilda qabul qilinadi: Ucell Mobile City ofisi, Toshkent shahri, V.Voxidov ko‘chasi, 118.
PAYNET to‘lov punktlarida to‘lovni amalga oshirish.
Kompaniyamiz abonentlari (yuridik shaxslardan tashqari) uyali aloqa xizmatlariga to‘lovlarni PAYNET punktlarida amalga oshirish imkoniga ega. Buning uchun hisobni to‘ldirish arizasida telfoningiz raqami va hisobingizga kiritmoqchi bo‘lgan to‘lov miqdorini ko‘rsatishingiz lozim.
Paynet to’lov punktlarida jismoniy shaxslarga Ucell taqdim etayotgan aloqa xizmatlari uchun to’lovlar QK MCHJ "UZPAYNET" tomоnidan qabul qilingan tartibda qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz To‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirganda, hisobni to‘ldirish arizasida telefoningiz raqamini xalqaro formatda ko‘rsatishingiz lozim: 998 93 ХХХХХХХ yoki 998 94 ХХХХХХХ. Abonent-to‘lovchi raqamini hisobni to‘ldirish arizasida telefon raqamini noto‘g‘ri ko‘rsatishi uchun ma’suldir. Ehtiyotkor bo‘ling!!!
To‘lovni amalga oshirib bo‘lgach, to‘langan miqdor, to‘lov tushirilgan telefon raqami, sana, vaqti va boshqa qo‘shimcha ma‘lumot ko‘rsatilgan kassa cheki beriladi.
Agar abonent To‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirganda telefon raqamini noaniq⁄noto‘g‘ri ko‘rsatsa va to‘lov boshqa Ucell abonentining hisobiga o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda mablag‘ o‘z hisobiga to‘lovni qabul qilgan abonentning yozma arizasi asosida abonent-to‘lovchi hisobiga o‘tkazilishi mumkin. Arizada uning abonent hisobiga kelib tushgan mablag‘ To‘lov punktida u tomonidan amalga oshirilmaganligi va uning raqamiga xato tufayli o‘tkazilganligi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu ariza va to‘lov kvitansiyasi asosida (agar telefon raqami Arizachi nomida bo‘lsa), Kompaniya ko‘rsatilgan mablag‘ni abonent-to‘lovchining hisobiga o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, shuni maslahat berishimiz mumkinki, abonent-to‘lovchi bilan kelishuvga asosan, abonent-qabul qiluvchi mablag‘ni abonent-to‘lovchiga o‘tkazishi mumkin degan shartga ega bo‘lgan "Mobil yordam" xizmatidan foydadalanish mumkin. Ushbu xizmat bizning savdo va abonent xizmati ofisiga tashrif buyurish va yuqorida ko‘rsatilgan arizani berishdan ozod qiladi.
Bundan tashqari, kelishuv asosida o‘z raqamiga xato tufayli mablag‘ni qabul qilgan abonent xuddi shu mablag‘ni to‘lovni amalga ashirganda o‘z raqamini noto‘g‘ri ko‘rsatgan abonentning raqamiga tolab o‘tkazishi mumkin.
Paynet orqali to'lovning qo'shimcha imkoniyatlari
Endi siz Paynet punktlarida maxsus kodni USSD orqali faollashtirish yo'li bilan to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
To'lovni amalga oshirganingizdan keyin, Paynet agenti ushbu maxsus kodni telefoningizda shaxsan faollashtirishi yoki sizga 10-raqamli maxfiy kod yozilgan chekni berishi mumkin. Hisobingizni to'ldirish uchun, siz ushbu maxfiy kodni USSD so'rov yordamida yuborishingiz lozim bo'ladi.
Buning uchun, o'z telefoningizda *177*10-raqamli kod# ni tering (10-raqamli kod - sizga berilgan chekda yozilgan maxfiy kod) va chaqirish tugmasini bosing. Hisobingizni muvaffaqiyatli to'ldirganingizdan so'ng, telefoningizga quyidagi ko'rinishdagi SMS xabar qabul qilasiz:
"08-02-12 v 09:00:00 na Vash schyot postupilo _____ sum. Vash balans: $______. Tip plateja - Platejnaya sistema PAYNET"
Agarda ushbu xabarni qabul qilmasangiz yoki xato yuzaga kelganligi haqida SMS qabul qilsangiz, hamda o'z hisobingizni berilgan maxfiy kod orqali to'ldirolmasangiz, darhol Paynet agentiga murojaat qiling. Shuni e'tiborga olishingizni so'raymizki, maxfiy kodni 3 martadan ko'p marotaba kiritish mumkin emas. Ushbu holatda, Paynet orqali to'lovni amalga oshirish imkoniyati raqamingiz uchun 1 soatga bloklanadi. Shuning uchun, to'lovni amalga oshirayotganingizda va ayniqsa, maxfiy kodni kiritayotganingizda, sizdan diqqatli bo'lishni so'raymiz.
USSD-so'rovni Paynet agentlik ofisida to'lovni amalga oshirganingizdan so'ng yuborishni, hamda xavfsizlik maqasadida o'z maxfiy kodingizni uchinchi tomon shaxslarga ko'rsatmaslikni maslahat beramiz.