“Ucell-Navoiy” hududiy filiali idorasiga tutash hududda kompaniya xodimlari tomonidan 10 tup qarag‘ay va 10 tup lola daraxti (lidiodendron) ko‘chatlari ekildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil Makon” umumxalq harakati tashkil etilgan edi. Harakatga an’anaviy tarzda ekologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash va asrab-avaylash tarafdori bo‘lgan “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) ham Navoiy shahrida 20 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
“Hududning iqlim sharoitini inobatga olgan holda agronomlar bilan birgalikda daraxt navlarini tanladik. Bizning hududimizda Sada- qarag‘ay keng tarqalgan. Daraxt katta va soyali. Liliodendron, ya’ni lola daraxti tez o‘suvchi hisoblanadi va o‘rtacha bo‘yi 25-36 metrga etadi, – deydi “Ucell-Navoiy” hududiy filiali direktori Alisher Gapparov. — “Ko‘chatlarning ildiz otishi va o‘sishi uchun qo’ldan kelgancha harakat qilamiz”.
