«TAF!22 to‘rtinchi Toshkent reklama festivali» doirasida, xalq orasida o‘tkazilgan iste’molchilarning ochiq ovoz berishlari natijasida Ucell Kompaniyasi
«Yangi mahsulot yoki xizmatlarni ishga tushirish» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Tanlovda yangi – «Sof» tariflar tizimi taqdim etilgan edi.
Mazkur tariflar tizimining afzalliklari:
-
Qulay narxlarda yanada ko‘p internet-trafik va cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
-
Daqiqalar hamda megabaytlar «kuyib ketmaydi» va navbatdagi oyga o‘tkaziladi;
-
Abonent qulay interfeys va onlayn notifikatsiyalar yordamida xarajatlarni to‘liq nazorat qiladi;
-
Limitdan tashqari internet, daqiqalar va SMSlar narxi bir necha martaga kamaytirilgan;
-
Raqam hisobini minusga tushirib abonent to‘lovi yechilmaydi.
Shuningdek, Kompaniya «Mijozlar bilan ishlash tajribasi va xarajatlarning abonentlar tomonidan nazorat qilinishi imkoniyati bo‘yicha yetakchi» maxsus nominatsiyasida ham sovrindor bo‘ldi.
Ucell uchun ovoz bergan va uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz.
Batafsil:
http://www.ucell.uz/3dyf