
Ucell jamiyatning ijtimoiy mas’uliyatli korporativ a’zosi sifatida ko’p yillar davomida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugun Ucell, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi raqamli tafovutni bartaraf etish va jamiyatni barpo etishga ko‘maklashishga qaratilgan UNICEF “Yaxshi narsalar interneti” (YNI) loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Yaxshi narsalar interneti (Internet of Good Things) – bu bepul mobil veb-resursdir. YNI foydalanuvchilari tematik kontentning 16 ta kanali orqali foydali ma'lumotlar va maslahatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu ilova ruhiy salomatlik, ta'lim, inson huquqlari, sog'lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik, OIV/OITS, tengdoshlar va kattalar bilan munosabatlar kabi masalalarni va ishonchli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
“
Ushbu resursni ishga tushirish sifatli, ishonchli va muhim kontentga kirishni ta'minlashda ajoyib imkoniyatdir.
Ucell hamkorligi tufayli biz bu platformani yaratilishini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu platformadan har bir kishi bepul internet orqali foydalanish imkoniyatiga ega boldi”, – dedi
UNICEF vakili o'rinbosari Jeffri Ijumba.
YNI veb-saytining nol stavkasi bo'yicha O'zbekiston bo'ylab barcha abonentlar uchun bepul kirish taqdim etiladi. Ucellning 7 milliondan ortiq abonentlari, tayyor mobil resurslardan trafik sarflamagan holda foydalanishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.