Batafsil:
- Yangi ulanish uchun “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement (muddati – 161 kun) + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;
- Oylik abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan kam bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar uchun ham “Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement (muddati – 161 kun) + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;
-
2 450 000 so‘mlik abonement qiymati ulanish paytida bir marta yechib olinadi, bunda “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, toki to‘plamning amal qilish muddati tugaguniga qadar, har oyda belgilab boriladi.
- Oylik abonent to‘lovi 40 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan tarif rejalaridagi mavjud abonentlar uchun, ulanish kunidan boshlab amal qilish muddati 6 oy bo`lgan 200 GB qo‘shimcha internet-trafik + “Huawei Nova Y70” smartfoni taqdim etiladi;
-
2 450 000 so‘mlik to‘plam qiymati ulanish paytida bir marta yechib olinadi, 200 GB internet-trafik ham shunda bir marta belgilanadi.
- “Biznes Uchun 40” + “Huawei Nova Y70” smartfoni abonementi faol bo‘lgan davrda:
-
Postpaid tizimining boshqa mavjud tarif rejalariga o‘tish imkoni bo‘lmaydi;
-
“Restart”, “raqamni saqlab qolish” va qayta rasmiylashtirish xizmatlari amal qilmaydi;
-
“Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonementning amal qilish muddati belgilangan paytidan boshlab 161 kunni tashkil etadi;
-
“Biznes Uchun 40” tarif rejasiga abonement, oyning 25-sanasidan oyning oxirigacha bo‘lgan davrda ulanganida, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Keyingi 6 oy mobaynida limitlar “Biznes Uchun 40” tarif rejasi bo‘yicha taqvimiy oyning 1-sanasidan taqdim etilishini hisobga olgan holda belgilanadi;
-
Abonement taqvimiy oyning 25-sanasigacha ulanganida, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar, joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Keyin, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida limitlar har taqvimiy oyning 1-sanasida taqdim etilib, belgilangan abonementning amal qilish muddatiga (161 kun) binoan amal qiladi;
-
6-taqvimiy oyning boshida abonementning to‘g‘ri ishlashi uchun, mijozning raqami Faol holatda bo‘lishi lozim;
-
Abonementning amal qilish muddati tugagach, “Biznes Uchun 40” tarif rejasi doirasida avval belgilangan limitlarning amal qilish muddatini bekor qilmaydi;
-
Abonementning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, Postpaid tizimidagi ruxsat etilgan tijoriy tarif rejalariga o‘tish mumkin bo‘ladi;
- Internet yo‘nalishi bo‘yicha tezlikka cheklov opsiyasi mavjud bo`lgan tarif rejalarida, “Gigaman” tariflar tizimida, shuningdek “Biznes Uchun 150” tarif rejasida 200 GB qo‘shimcha trafik to‘plamiga ulanganda, to‘plamning to‘g‘ri ishlashi uchun “Turbo button” xizmatini faollashtirish kerak bo‘ladi.
- To‘plamga faqat korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.