To‘plamga kiritilgan MBlardan faqat faol holatda foydalanish mumkin.
Saytlardan (jumladan, TAS-IX saytlaridan ham) yuklanib olinadigan torrent-fayllar (yuklash fayli, torrent-protokollar, bittorent) boshqa internet-to‘plam doirasidagi tashqi internet-trafikni yoki tarif rejasining shartlariga muvofiq hisobdagi mablag‘ni sarfalaydi.
TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxatini
bu yerdan ko‘chirib olish mumkin. To‘plamlar doirasidagi chegirma Web (HTTP va HTTPS) saytlardan foydalanishda amal qiladi.
Agar TAS-IX hududida, deb hisoblangan sayt yuqorida ko‘rsatilgan IP-manzillar doirasiga kirmasa, unga sarflangan trafik uchun mas’uliyatni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.
Shuni yodda tutingki, IP-manzillari Tas-IX hududida bo‘lgan saytnlarni shaxsiy kompyuter yoki boshqa qurilmaraldan yuklanganda saytlarda Tas-IXga kirmaydigan animatsion reklama yuklanishi va asosiy hisobingizdan qo‘shimcha pul maglag‘i sarflanishi mumkin.
Smartfon yoki planshet orqali Internetdan foydalanganingizda asosiy hisobingizdagi pul mablag‘I fondagi ma’lumotni yuklashga ham sarflanadi (ilovalarning yangilanishi, messenjerlardan xatlar va boshqalar).
Abonentning tarif rejasi bo‘yicha Internet trafik uchun qo‘shimcha pul mablag‘ning sarflanishini oldini olish uchun abonentga tashqi trafik uchun Internet-to‘plamni xarid qilish tavsiya etiladi.
Ushbu xizmat to‘lovlar limiti ijobiy bo‘lgan abonentlarga mo‘ljallangan. To‘lovlar limitiga nol o‘rnatilgan holda yoki limit nolga yetgan vaziyatda Kompaniya e'tirozlarni qabul qilmaydi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
Agar Sizning o’z saytingiz mavjud bo’lsa va bizning ro‘yxatimizda o‘z IP-manzilingizni topmagan bo‘lsangiz,
corporate@ucell.uz manzili orqali bizga yozib yuboring va biz albatta Siz bilan bog‘lanamiz.
Agar Sizda savollar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: 8111 (faqat Ucell abonentlari uchun), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00. E-mail:
corporate@ucell.uz.
Biz Sizni Ucell Korporativ mijozlari qatorida ko‘rishdan mamnunmiz!