Korporatsiyalarga
Internet
Internet to’plamlar
Tungi internet-to‘plamlar

Tungi internet-to‘plamlar





Tunda internetdan foydalanib turasizmi?

Tungi internet-to‘plamlar – bu tungi vaqtda qulay foydalanish uchun hamyonbop narxda ko‘p internet-trafik.

To‘plamlarni faqat Kompaniya ofislarida faollashtirish mumkin.

To‘plam bekor qilingan holda yig‘ilgan barcha internet-trafik qoldig‘i bekor qilinadi.

 
Tungi internet-to‘plamlar

To‘plamlar Trafik hajmi, MB Narxi, so‘m Xizmatdan foydalanish davri Amal qilish muddati
To‘plam 5 GB 5120 20 000 so‘m 01:00 - 09:00 30 kun
To‘plam 20 GB 20480 45 000 so‘m
Xizmat shartlari

  • To‘plam Postpaid tizimining barcha toifasidagi abonentlar uchun amal qiladi.
  • Internet-to‘plamlarni ulatish va ulardan foydalanish faqat faol holatda amalga oshiriladi.
  • Hisobda to‘plam narxini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, to‘plamlar belgilanmaydi.
  • Kompaniya korporativ abonentlariga xizmatni yoqish uchun, tegishli raqamlar qayd etilgan shaxs nomidan Kompaniyaga rasmiy murojaat bilan xat taqdim etilishi lozim.
  • «Tungi internet-to‘plamlar»ni korporativ mijozlar uchun shaxsiy kabinet orqali faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.
  • Tungi internet-to‘plamlar avtomatik belgilash funksiyasisiz belgilanadi.
  • Xizmatda avtomatik belgilash funksiyasi mavjud emas, shuning uchun keyingi davrda foydalanishni davom ettirish uchun abonent to‘plamlarni qayta faollashtirishi kerak.
  • Amaldagi internet-to‘plam muddati tugashidan oldin qayta ulanganda, yangi to‘plamga kiritilgan trafik foydalanilmagan trafikning qoldig‘iga qo‘shiladi. Bunday holda, avval sotib olingan to‘plamdan qolgan trafikning amal qilish muddati uzaytiriladi.
  • Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan internet-to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi.
  • Ajratilgan internet-trafik limiti to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng, tarmoqqa kirish tezligi 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
  • Soat 9:00 dan 1:00 gacha sarflangan internet-trafik tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.
  • Xizmat to‘g‘ri ishlashi uchun soat 01:00 da va 09:00 da internet-sessiyani uzib, keyin qaytadan ulash lozim.
  • Abonent to‘lovi samarali yechilgandan so‘ng, trafik to‘liq belgilanadi va uning amal qilish muddati 30 kunga teng bo‘ladi.
  • Agar quyidagi xizmatlardan biri faol bo‘lsa, bu xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi: «Smart Block», «Smart Internet» va «Trafik+».
  • «Tungi internet-to‘plamlar» xizmati quyidagi tarif rejalarida amal qilmaydi: «Gigaman» va «Gigaman BN» tariflar tizimlari, «Doktor» tariflar tizimi, internet chegaralanmagan boshqa maxsus tarif rejalari.
  • Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.