-
To‘plam Postpaid tizimining barcha toifasidagi abonentlar uchun amal qiladi.
-
Internet-to‘plamlarni ulatish va ulardan foydalanish faqat faol holatda amalga oshiriladi.
-
Hisobda to‘plam narxini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, to‘plamlar belgilanmaydi.
-
Kompaniya korporativ abonentlariga xizmatni yoqish uchun, tegishli raqamlar qayd etilgan shaxs nomidan Kompaniyaga rasmiy murojaat bilan xat taqdim etilishi lozim.
-
«Trafik+» internet-to‘plamlarini korporativ mijozlar uchun shaxsiy kabinet orqali faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.
-
«Trafik+» internet-to‘plamlari avtomatik belgilash funksiyasisiz belgilanadi.
-
Xizmatda avtomatik belgilash funksiyasi mavjud emas, shuning uchun keyingi davrda foydalanishni davom ettirish uchun abonent to‘plamlarni qayta faollashtirishi kerak.
-
Mazkur xizmat doirasida bir vaqtning o‘zida faqat bitta internet-to‘plam ulatish mumkin.
-
Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan internet-to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi.
-
Ajratilgan internet-trafik limiti to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng, tarmoqqa kirish tezligi 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
-
Abonent to‘lovi samarali yechilgandan so‘ng, trafik to‘liq belgilanadi va uning amal qilish muddati 30 kunga teng bo‘ladi.
-
Agar quyidagi xizmatlardan biri faol bo‘lsa, bu xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi: «Smart Block», «Smart Internet», «TAS-IX internet-to‘plamlari» va «Tungi internet-to‘plamlar».
-
«Trafik+» xizmati quyidagi tarif rejalarida amal qilmaydi: «Gigaman» va «Gigaman BN» tariflar tizimlari, «Doktor» tariflar tizimi, internet chegaralanmagan boshqa maxsus tarif rejalari.
-
«Trafik+» xizmati doirasida taqdim etiluvchi trafik yuqori ustuvorlikka ega va birinchi navbatda sarflanadi. Keyin esa tarif rejasi yoki qo'shimcha to'plamlar doirasidagi trafik sarflanadi.
-
Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.
E’tibor bering!
Yuqorida ko‘rsatilgan saytlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Ko‘rsatilgan resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Eslatma
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.