Eng avvalo, telefoningiz COSCOM MChJ tarmog‘iga sozlanganliga e‘tibor bering. Bu holda telefoningizning ekranida Ucell yoki 434-5 raqamlari ko‘rinadi.
Bunday yozuv avtomatik ravishda paydo bo‘lmasa, demak telefoningiz COSCOM MChJ tarmog‘iga sozlana olmagan va uni o‘zingiz sozlashingiz lozim bo‘ladi. Sozlash qoidalari mobil telefoningizning ko‘rsatmalar kitobchasida yoki apparatingizning menyusida ko‘rsatilgan.
Bizning tarmoqga mustaqil ravishda ulana olmasangiz, quyidagi raqamlar orqali Ucell xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat eting: (+998 93) 180-00-00, 181-00-00.
Xalqaro va shaharlararo abonentlarning raqamlariga muqobil raqam terishning shartlari va tariflari haqida o‘zingizning operatoringizdan bilib olishingiz lozim.
101 | O‘t o‘chirish xizmati |
102 | Militsiya |
103 | Tibbiy Yordam |
104 | Tabiiy gaz xizmati |
1050 | Favqulotda vaziyatlar Vazirligi |
Favqulotdagi chaqiruv raqamlariga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar – bepul!
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!