Zaruriyat tug'ilganda Ucell sizga qo'ng'iroqlaringizning turli davrdagi (oy, hafta va xk) to'liq tafsilotini taqdim etadi. Ma'lumotlar so'nggi 1 yil uchun mavjud. Bunday ma'lumotni siz har oy yoki zaruriyat tug'ilganida olishingiz mumkin. Qaysi davrga taaluqli ma'lumot bo'lishini, o'zingiz tanlaysiz.
Yuridik shaxsga (kompaniya, firma, HT, MChJ va hokazo) “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatini taqdim etish uchun tafsilotni qabul qiluvchi aniq bir shaxsni belgilab (shaxsni bildiruvchi hujjatlari bilan),arizani to‘ldirishingiz kerak.
Internet-xizmatlardan foydalanish tafsilotida faqat Internet-sessiya vaqti, uning davomiyligi va qabul qilingan va yuborilgan ma‘lumot hajmi qayd qilinadi.
Ucell Kompaniyasi abonentlarga Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etib, abonent raqamlarining tafsilotida Internet saytlar (shuningdek IP-manzil), Internet ulanishlar va Internet-manzillar orqali amalga oshirilgan serverlarni qayd etmaydi.
Kompaniya shuningdek, SMS-xizmatlar orqali abonentlar tomonidan yuborilgan SMS-xabarlar matnini ham qayd etmaydi.
Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroqlar qo‘ng‘iroqlar tafsilotida aks etmaydi:
Xizmatga ulanish | 0 so'm |
Korporativ mijozlar uchun xizmatning bir martalik ta'minoti 1 raqam uchun (tafsilotlar davri - 1 oy) | 4 210 so'm |
Har vaqt abonent talabiga binoan xizmatni taqdim etish (tafsilot davri chegaralanmagan). Bir oyiga | 15 156 so‘m |
Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti Sizga taqdim etilishi uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.
Qo‘ng‘iroqlaringizning to‘liq tafsilotini olish uchun shahsan o‘zingiz Kompaniyaning ofislariga o‘z pasportingiz bilan kelishingiz lozim. Shundagina siz “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shu borada Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish uchun yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, pasportingiz yoningizda bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
Agar siz yuridik shaxs (kompaniya, firma, HT, MChJ va hokazo) bo‘lsangiz, unda “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatini taqdim etish uchun tafsilotni qabul qiluvchi aniq bir shaxsni belgilab (shaxsni bildiruvchi hujjatlari bilan),arizani to‘ldirishingiz kerak.
Kompaniya tomonidan “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti”, “Yangi Shartnoma tuzish”, “Shartnomani qaytadan tuzish” va “Shartnomani bekor qilish” kabi xizmatlar Abonentning ma’lumotnomasi/№9* shakli asosida taqdim etilmaydi.
*Ma’lumotnoma/ №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Xizmatni ulash narxi -
Agar siz Ucell abonenti bo‘lsangiz, siz tanlangan xizmatni yoqishingiz mumkin.
Buning uchun raqamingiz yoki bir martalik parol kiritib maqsadingizni tasdiqlang
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Xizmatni faollashtirish muvaffaqiyatli bo‘ldi
Bir martalik parol ko‘rsatilgan raqamga SMS orqali jo‘natildi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!