Korporativ SMS Taxallus
Mazkur xizmat Ucell korporativ mijozlariga telefon raqami o‘rniga tashkilot nomini o‘rnatish imkonini beradi. Bu nom SMS jo‘natganda qabul qiluvchi tomonda aks etadi.
Xizmatni faqat Kompaniya ofislarida faollashtirish mumkin.
Xizmat narxi – soliqlar bilan oyiga 1 500 000 so‘m
Shartlar
-
Xizmat faqat Kompaniyaning Postpaid xizmat ko‘rsatish tizimidagi korporativ mijozlari uchun amal qiladi.
-
Taxallusdan foydalanish uchun yuridik shaxs legitimligini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan holda Kompaniyaga yozma ko‘rinishda murojaat etishi lozim. Agarda kompaniyasining yuridik nomi so‘ralayotgan taxallus matni bilan bir xil bo‘lsa, mavjud mijoz o‘z legitimligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart emas.
-
Taxallus faqat lotin alifbosi harflaridan va belgilardan iborat bo‘lishi lozim. Uning uzunligi 11 belgidan oshmasligi kerak. Har bir taxallus betakror hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida bir nechta Ucell abonenti tomonidan qo‘llanishi mumkin emas.
-
Abonent to‘lovining qiymati – soliqlar bilan oyiga 1 500 000 so‘m.
-
Xizmat avtomatik belgilanish funksiyasini o‘z ichiga oladi.
-
Abonent to‘lovi har oyda, taqvimiy oyning birinchi sanasida yechiladi.
-
Yangi ulanishda oylik abonent to‘lovi navbatdagi taqvimiy oyning birinchi sanasigacha qolgan kunlar soniga mos holda yechiladi.
-
Agar oylik abonent to‘lovining yechilish paytida hisobda oylik abonent to‘lovidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi.
-
Chiquvchi SMS-xabarlar uchun to‘lov va boshqa xizmatlar abonent raqamida o‘rnatilgan tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.
-
Taxallusning nolegitim qo‘llanishi («SMS Taxallus» xizmati doirasida) bo‘yicha uchinchi shaxslar tomonidan Kompaniyaga e’tirozlar yuzaga kelsa, javobgarlik (shu jumladan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik) ushbu abonent raqami/mijoz shartnomasi nomiga rasmiylashtirilgan abonent/mijoz zimmasiga yuklanadi. Mazkur xizmatning abonent tomonidan suiste’mol qilinishi holatida, jabrlanuvchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zR huquqni muhofaza qilish idoralariga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
-
Kompaniya tegishli SMS-bildirishnoma bilan, (sababini izohlamasdan) taxallusni o‘chirib tashlash huquqiga ega (taxallus sifatida nomaqbul so‘zlar qo‘llanganida, shuningdek Kompaniya ixtiyoriga ko‘ra boshqa holatlarda).
-
«Korporativ SMS Taxallus» xizmatidan foydalanayotgan abonentdan qabul qiluvchining hayoti va sog‘lig‘iga xavfni, po‘pisa, firibgarlik va boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlarni, shuningdek, davlat tuzumini qo‘porishga chaqiruvchi ekstremistik xarakterdagi matnlarni o‘z ichiga oluvchi SMS-xabar olinganida, Kompaniya bunday xabar jo‘natgan abonent raqami haqidagi ma’lumotni (shaxsga oid ma’lumotlarsiz) abonentga taqdim etish huquqiga ega.
-
Ushbu xizmat Perfectum Mobile va Mobiuzdan tashqari barcha O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari uchun amal qiladi. 327 qisqa raqamiga chiquvchi SMS-xabarlar amal qilmaydi.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
9989XXXXXXXX formatida to‘g‘ri Ucell raqamini kiriting
Bir martalik kodni XXXXXX shaklida kiriting
SMS orqali bir martalik parol yuborishda xatolik yuz berdi!
Xizmatni faollashtirish bo‘yicha so‘rovingiz muvaffaqiyatli ishlovga olinmadi. Iltimos, qayta urinib ko‘ring yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qiling.
Diqqat
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Hato
Yopmoq
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Mobil telefon raqamini +xxx xx xxxxxxx formatida kiriting!
To’ldirilmadi
Noto’g’ri adres
Noto’g’ri parol
Xabar sarlavhasini kiriting
512 simvoldan oshmaydigan xabar kiriting!
Xabar uzunligi - 512 simvol.
%n simvol qoldi
Savol turini kiriting
Shikoyat toifasini tanlang