Korporatsiyalarga
Xizmatlar
Ovozli xizmatlar
Postpaid tizimi abonentlari uchun «O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar to‘plami» xizmati

Postpaid tizimi abonentlari uchun «O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar to‘plami» xizmati

Daqiqalar miqdori To‘plam narxi (so‘m) Amal qilish muddati
500 15 000 1 taqvimiy oy
1000 25 000
2000 35 000
4000 50 000

  1. Daqiqalar to‘plamini ulatganda, abonent to‘lovining yechilishi va daqiqalarning taqdim etilishi taqvimiy oyda qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshadi. Keyingi yechilish har taqvimiy oyning 1-sanasidan amalga oshiriladi va shunga muvofiq daqiqalar to‘liq hajmda taqdim etiladi.
  2. Kontent-servislarga, qisqa raqam xizmatlariga va xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlar uchun mazkur xizmat bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar to‘plamidan sarflanmaydi.
  3. To‘plam bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig‘i muddat tugashi bilan nolga tenglashtiriladi va keyingi oyga o‘tmaydi.
  4. To‘plam bo‘yicha sarflanmagan daqiqalar mavjud holida, kattaroq yoki kichikroq hajmli yangi to‘plam ulatilsa daqiqalar o‘zaro qo‘shiladi, daqiqalarning amal qilish muddati esa ulatilgan kunidan boshlab so‘nggi faollashtirilgan to‘plam shartlariga ko‘ra belgilanadi; keyin har oyda shu oxirgi faollashtirilgan to‘plam taqdim etiladi.
  5. «Corporate VIP» va «Individual» turlaridagi shartnomali Postpaid abonentlari to‘plamni *711# raqamiga USSD-so‘rov yuborib ulatishlari mumkin.
  6. To‘plamni cheklanmagan marta, har qanday ijobiy holatida ulatish mumkin bo‘ladi.
  7. Limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
  8. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, to‘plam doirasidagi daqiqalardan foydalanishdan avval limitlar belgilanganligini *711# USSD-so‘rovi yordamida albatta oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz.
  9. To‘plam doirasida taqdim etilgan limitlardan roumingda bo‘lgan abonentlar foydalana olmaydilar.
  10. To‘plamlarni «Fact Plus» va «Smart Business» tarif rejalarida ulatish mumkin.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.