Korporatsiyalarga
Korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
Bloklanish shartlari!

Bloklanish shartlari!

Mijoz hisobiga, Kompaniya tomonidan o‘rnatilgan ma’lum miqdordagi mablag‘dan kam qolgan holatda cheklov o’rnatiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning (matnda keyingi o‘rinlarda – Mijoz) shaxsiy hisobidagi mablag‘ qoldig‘i nolga tushganda va/yoki balans manfiy holatda bo’lganda, Mijozning abonent raqami bloklanadi.

Bloklangan holat muddati 90 kunni tashkil etadi.

Bloklangan holatda:
  • Bloklangan holatga o‘tgandan so’ng, keyingi 30 kun mobaynida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar, IVR xizmatiga qo‘ng‘iroqlar, favqulodda chaqiruv va xizmat ko’rsatish raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish bepul, hamda, hisobni to‘ldirish imkoni mavjud;
  • Agar Mijozning shaxsiy hisobi, bloklangan holatga o‘tgandan so’ng, 30 kun mobaynida to‘ldirilmasa, 31-kundan boshlab xizmat ko’rsatish raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi SMS-xabarlardan tashqari, barcha qo‘ng‘iroqlar bloklanadi;
  • Hisob holati minusga kirgan kundan boshlab, agar Mijoz 90 kun davomida hisobini to‘ldirmasa, bu holatda Shartnoma bekor qilinadi va abonent raqami Kompaniya ixtiyoridagi bo‘sh raqamlar ro‘yxatiga o‘tadi;
  • Shartnoma bekor qilinganidan so’ng, Tomonlar, majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘zaro hisob-kitob ishlarini amalga oshirishi lozim;
  • “O‘zgacha raqam” xizmati bo‘yicha ulangan abonent raqamlari uchun bu yerda ko‘rsatilgan shartlar amal qiladi.
Kompaniya xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilgan hollarda cheklov:
  • Postpaid tizimida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha Shartnomasida (matnda keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) 3.1.2.e) hamda 3.1.2.f bandlariga muvofiq) belgilanganidek, Kompaniya tomonidan cheklangan/to‘xtatilgan abonent raqamlarining bloklanish muddati, bloklangan vaqtdan boshlab, 30 taqvimiy kunni tashkil etadi.
  • Mijoz bloklangan abonent raqamlarini qayta tiklashi uchun, bloklangan vaqtdan e’tiboran 30 kun ichida:
    • Jismoniy shaxs – shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bloklangan raqam SIM-kartasi bilan Kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi;
    • Yuridik shaxs – Kompaniya manziliga yozma ravishda murojaat yo’llashi lozim.
  • Agar raqam statsionar tarmoqqa va IP-telefoniya tarmoqlariga shlyuzlar o‘rnatish uchun, kompyuter tizimiga, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish huquqini olish uchun maxsus vositalarni sotish yoki tarqatish maqsadida ishlab chiqarish, o‘rnatilgan himoya tizimlarini aylanib o‘tib xalqaro trafikdan foydalanish va uni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish, shuningdek, ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarining ishlashi uchun sharoitlar yaratish va ularni saqlash hamda Kompaniya jihozlarining yoki aloqa qurilmalarining ish qobiliyati buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar uchun ishlatilgan bo‘lsa, u holda bu abonent raqami blokdan chiqarilmaydi. Bloklanganidan keyin 30 kun o‘tgach, mazkur raqam tarmoqdan o‘chiriladi, Shartnoma esa Kompaniya tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
  • Agar abonent raqami lotereyalar, ovoz berishlar, tanlovlar, reklama, so‘rovnomalar, ommaviy tarqatmalar o‘tkazilganligi sabab bloklangan bo‘lsa, u holda Mijoz raqamini blokdan chiqarishni so‘rab va bundan keyin raqamdan mazkur maqsadlarda foydalanmasligini ko‘rsatib, Kompaniyaga ariza berishi kerak. Kompaniya shartnomaga muvofiq, bloklangan vaqtdan keyin 30 kun o‘tgach, raqamni blokdan chiqarishni rad etishi yoki ushbu abonent raqamini bir tomonlama tartibda tarmoqdan o‘chirish huquqiga ega.
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.