-
Tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
-
Tarif rejasiga Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
-
Agar Sizda ulanish shartlari bo‘yicha savollar bo‘lsa, 8111 (faqat Ucell mijozlariga), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00 raqamlari orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki corporate@ucell.uz maniziliga yozing. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00.
-
Abonent to‘lovi yechilganidan keyin, abonentga tanlangan tarifga muvofiq bonus mablag'lari taqdim etiladi. Abonent Bonus mablag‘ni o‘z istagiga muvofiq sarflashi mumkin: O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar, SMSlar yoki internet uchun. Bunda Bonus mablag‘ tugaganidan so‘ng, abonent xizmatlardan tanlangan tarif rejasi doirasidagi maxsus narxlarda asosiy (Shadow) hisobdan mazkur davr tugagunicha foydalanishi mumkin.
-
“Profit” tarif rejalarida oylik abonent to‘lovi yechilishi va Bonus mablag‘larning belgilanishi:
-
Oylik abonent to‘lovi har oyda, kalendar oyining birinchi sanasida yechiladi.
-
Tarif rejasi doirasida maxsus narxlash uchun Bonus mablag‘lar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilganidan keyingina belgilanadi. Bonus mablag‘lardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi Bonus mablag‘larning ishlatilmay qolgan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi.
-
Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda Bonus mablag‘larning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Lekin xizmatlardan foydalanganlik uchun narxlash maxsus usulda amalga oshiriladi.
-
Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobdagi mablag‘ oylik abonent to‘lovi miqdoridan kam bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi. Tarif rejasi doirasidagi Bonus mablag‘lardan abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan foydalanish mumkin bo‘ladi.
-
Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Abonent raqami Bloklangan holatdan Faol holatga o‘zgarganidan keyingi tunda abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechib olinadi va Bonus mablag‘lar to‘liq hajmda belgilanadi. Holatning tekshirilishi tizim tomonidan toki abonent to‘lovi samarali yechilgunicha 30 kun davomida amalga oshiriladi;
-
Internetning narxlanish qadami – 1 kb
-
Yangi ulanishda abonent hisobi musbat holatda bo‘lganida, oylik abonent to‘lovi va Bonus mablag‘lar oyning qolgan kunlariga mos holda yechiladi/belgilanadi.
-
Bonus mablag‘lar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
-
Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan Bonus mablag‘lar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
-
O‘tish mumkin bo‘lgan boshqa tarif rejalariga o‘tilganida, «Profit» yangi tariflar tizimi doirasidagi Bonus mablag‘larning qoldig‘i bekor qilinadi.
-
«Profit» yangi tarif rejalarida qo‘shimcha daqiqalar, SMSlar va MBlar to‘plamlari xarid qilinganida, birinchi bo‘lib qo‘shimcha xizmatlar doirasidagi limitlar, keyin esa «Profit» tarif rejasi doirasidagi Bonus mablag‘lar sarflanadi.
-
Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Kompaniyaning xizmatidan foydalanuvchi abonentlarning majburiyatlari:
- “Coscom” MChJga zarar keltiruvchi holatlarni yuzaga keltirmaslik;
- Berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda, zarar keltirmaslik;
- Kompaniyaning xizmatlaridan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik.
Agar yuqorida sanab o‘tilgan vaziyatlar yuzaga kelsa, "Coscom" MChJ shartnomani bir tomonlama bekor qilishi yoki Mijozning tarif rejasini o‘zgartirishi mumkin.
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Bank o‘tkazmalari miqdori Mijozning asosiy hisobiga qabul qilingan holda o‘tkazilgan hisoblanadi. Pul miqdori Mijozning asosiy hisobiga dushanba kunidan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Abonent raqamining maksimal bloklanish muddati 90 kun.
Agar Sizda savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, Siz ularga javoblarni FAQ bo‘limida ko‘rishingiz mumkin. Agar Sizni qiziqatiryotgan savolni ro‘yxatdan topmagan bo‘lsangiz, bizga 8111 (faqat Ucell mijozlariga), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qiling yoki
corporate@ucell.uz maniziliga yozing. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00.