1. Tarif rejalariga faqat yangidan ulanish mumkin;
2. «Vatanparvar» tarif rejasiga, shu kasbga mansubligini tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etgan holda, faqat Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin;
3. "Korporatsiya" xizmati orqali ulanishda abonent abonent shartnomasini tuzish uchun kompaniya ofisiga kelishi lozim. Sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat tashkilotlari yoki xususiy tashkilotalar, yoki O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga qarashli bo‘lgan bo‘linmalar — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi yoki ularning tarkibiy hududiy idoraviy bo‘linmalari tomonidan to‘ldirilgan "Sertifikat", hamda shaxs mazkur kasblardan biriga mansubligini tasdiqlovchi hujjat va pasportning asl nusxasi taqdim etilishi lozim;
4. Tarif bo‘yicha internet-trafik to‘liq sarflab bo‘linganida, internet narxlanmaydi va internet tezligi 64 kbit/soniyagacha (taqdim etilgan limit tugaganidan keyin bepul internet tezligi) pasayadi;
5. Agar tezlikni oshirishni istasa, mijozda o‘z istagiga ko‘ra *605# USSD-so‘rovini terib, «Turbo Button» xizmatini faollashtirish hamda limitdan tashqari narxda internetdan foydalanish imkoni mavjud;
6. Tarif bo‘yicha belgilangan internet-trafik limiti sarflab tugatilganidan keyin, abonent «Turbo Button» xizmatini faollashtirganidan so‘nggina boshqa internet-to‘plamlarni ulashi mumkin;
7. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar, SMSlar va internet taqvimiy jadvalga binoan bekor qilinadi;
8. Tarif rejasiga oy mobaynida ulangan holatda, to‘lov oyning oxirigacha qolgan kunlar soni uchun amalga oshiriladi va bonuslar shunga mos miqdorda belgilanadi;
9. Tarif rejasida abonent to‘lovi har kalendar oyining 1-sanasida yechiladi;
10. "Vatanparvar 30", "Vatanparvar 50", "Vatanparvar 80" tarif rejalari bo'yicha "Corporate VIP", "Businessman" turdagi shartnomaga ega bo'lgan abonentlar *510# USSD-so'rovini terish orqali "Vatanparvar" tarif rejasi tizimi ichida o'zgartirishni amalga oshirishlari mumkin.
11. "Vatanparvar 30", "Vatanparvar 50", "Vatanparvar 80" tarif rejalarining "Corporate VIP", "Businessman" turidagi shartnomasiga ega bo'lgan abonentlar *510# USSD-so'rovini terish orqali 10 GB, 15 GB, 20 GB maxsus Internet-to'plamlarini ulashlari mumkin.
12. Har bir «Vatanparvar GB» internet-to‘plamini joriy oyda faqat bir marta faollashtirish mumkin;
13. Limitdan tashqari narxlash tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi;
14. Mijozning raqami Faol holatda, ammo hisobidagi pul mablag‘lari tarif rejasining oylik abonent to‘lovidan kam bo‘lganida, tarif rejasining abonent to‘lovi to‘liq qiymatda yechib olinadi;
15. Mijoz bloklangan holatda bo'lsa, abonent to'lovi yechilmaydi. Uning raqami Faol holatga o'zgarganida, abonent to'lovi to'liq qiymatda yechib olinadi va limitlar to'liq hajmda taqdim etiladi. Holatni tekshirish toki samarali yechib olingunicha 15 kun mobaynida amalga oshiriladi;
16. Tarif rejasi shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar/MBlar/SMSlar CONTENT-servislarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi;
17. Tariflar shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar/MBlar/SMSlar roumingda bo‘lgan abonentlar uchun amal qilmaydi;
18. Har bir kalendar oyining 1-kuni soat 00:00 dan to 07:00 gacha O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar, internet-trafik va O‘zbekiston bo‘yicha SMSlar narxi – 0 so‘m. Tarif shartlariga ko‘ra xizmatlar to‘plamlaridan biri soat 00:00 dan to 07:00 gacha bo‘lgan muddatda belgilangan holatda, trafikning narxlanishi va sarflanishi tarif rejasida o‘rnatilgan tartiblarga binoan amalga oshiriladi;
19. «Vatanparvar GB» tarif rejalari tizimida «Gigamaniya» internet-to‘plamlari, «Smart Internet» hamda «Internet Block» xizmatlari amal qilmaydi;
20. Tarif rejasini ushbu tariflar tizimi ichida almashtirish imkoniyati mavjud.
21. Kompaniyaning xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarning majburiyatlari:
- «COSCOM» MChJga zarar keltiruvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
- Kompaniya aloqasidan foydalanish huquqini boshqa shakllarda suiiste’mol qilmaslik;
- Kompaniyaning xizmatlaridan ularning asosiy vazifalari doirasida foydalanish.
Agarda aloqa xizmatlaridan oqilona foydalanish masalasida shubhalar yoki bahsli vaziyatlar yuzaga kelsa, «COSCOM» MChJ Shartnomani bir tomonlama bekor qilish yoki Mijozning tarif rejasini o‘zgartirish huquqiga ega.
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.