Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell buyuk mutafakkirlar vatanida 1200 daraxt ko'chati ekdi
02OKT2020

Ucell buyuk mutafakkirlar vatanida 1200 daraxt ko'chati ekdi



30 sentyabr. Termiz. "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Toshkent shahridagi bosh ofisidan vakillar va "Ucell-Termiz" mintaqaviy filiali xodimlari bilan birgalikda xayriya ekologik aksiyasini o'tkazmoqdalar.
 Kechadan beri Surxondaryo viloyati markazi ko'chalarida g'ayrioddiy jonlanish hukm surmoqda. Termiz shahri ma'muriyati va shahar boshqaruv bo'limining faol ko'magi bilan Termiz ko'chalarida 1200 ta kashtan daraxti ko'chatlari ekib chiqiladi.
Daraxt turlari, Surxondaryo ilmiy-amaliy stansiyasi agronomlari va landshaft dizayni bo'yicha mutaxassislar bilan Toshkentdan maslahatlashgandan so'ng, Ucell tomonidan mevali va manzarali daraxtlarning 37 xil ko'chatlari orasidan tanlab olindi.
Daraxtlar  Termizning iqlimi, tuprog'i va tabiiy xususiyatlariga chidamliligi hisobga olingan holda tanlandi.
 
Nega aynan 1200 ta ko'chat?
Ushbu raqam Termiz o'lkasining buyuk o'g'illari: Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziyning xizmatlariga chuqur hurmat va ehtirom belgisi sifatida tanlandi.
2020 yilda Markaziy Osiyo tasavvufining eng yirik vakili Al-Hakim at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.
2024 yilda taniqli mutafakkir, buyuk olim va hadislar yig'uvchisi Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.
Ishonamizki, to'rt yildan so′ng Imom Termiziyning 1200 yilligiga qadar shahar aholisi kashtanlar soyasida yozning issiq kunlarida bahri olishadi.
 
Bizning hududimizda o'z-o'zidan o'sadigan daraxtlar deyarli yo'q: ularning har biri ehtiyotkorlik bilan ekilgan, sug'orilgan va yillar davomida parvarish qilib o′stirilgan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ummatlarini ko‘chat ekishga, ekin-tikin qilishga shu darajada targ‘ib etdilarki, hatto Qiyomat qoim bo‘lish arafasida ham, imkon qilolsa, ko‘chat ekishga buyurdilar: “Agar Qiyomat qoim bo‘lishni boshlasayu, biringizning qo‘lida nihol bo‘lsa, Qiyomat qoim bo‘lishdan oldin uni ekishga qurbi yetsa, bas, shundoq qilsin”. (Buxoriy va Ahmad rivoyati).
 



«O‘t o‘lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar» (Ar Rahmon, 6 oyat). Demak, kim ko‘chat, daraxt eksa, yer yuzida Alloh taologa sajda qiladigan daraxt sonini ko‘payishiga sabab bo‘lgan bo‘ladi.
 
Sohibqiron bobomiz «Temur tuzuklari»da avlodlariga: «Bir daraxt kessam, o‘rniga o‘n ikki daraxt ekdim…» – deb, juda chiroyli urnak koldirganlar.
 
Daraxt ekish bo'yicha ekologik aksiyalar Ucell xodimlari uchun yaxshi an'anaga aylandi. O'tgan yildan boshlab Ucell volontyorlari Toshkentdagi beshta park zonalarini ekishda ishtirok etib, 615 ta ko'chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishdi.
Qarshi va Navoiyda hind nastarinlari va ispan droklarini ekdilar. Ekish geografiyasi kengaymoqda. Endi Termizda Ucell xodimlari tomonidan ekilgan daraxtlar bor.
Bunday keng ko'lamli ekologik aksiya Ucell tomonidan birinchi marta o'tkazilmoqda.
Termizda to'plangan tajriba 2021 yilda butun O'zbekiston bo'ylab qo'llaniladi.
 



Surxondaryo viloyatidagi "Ucell-Termiz" mintaqaviy ofisi:

• 325 mingdan ortiq faol abonentlarga xizmat ko'rsatadi;
• 183 dilerlik markazi mavjud, ulardan 42 tasi Ucellning mono-ofislari.
• "Ucell-Termiz" da 42 nafar xodim faoliyat olib boradi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.