Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Qarshida Ucell-dan 500 ta qarag'ay
29MAR2021

Qarshida Ucell-dan 500 ta qarag'ay



Bahorgi ekish aksiyalari davom etmoqda. Bugun "Ucell-Qarshi" hududiy filiali xodimlari Qarshi shahrining O'zbekiston ko'chasi bo'ylab, asosiy pochta bo'limi yonida, Eldar qarag'aylarini ekdilar.

Bahor kelishi bilan Ucell an'anaviy ravishda ekologik aksiyalarni boshladi. O'tgan hafta Navro'z bayrami arafasida eko-hashar uyushtirilib, Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanidagi va Kompaniya tomonidan otalikga olingan  Axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktabga 170 tub nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko'chatlari ekildi.



O'quvchilarning yodida, o'tgan bahorda "Ucell-Qarshi" ofisining xodimlari Sharaf qo′rg'onining yaqinida 40 tup hind nastarini va 40 tup ispan droklarini ekishgan. Bu yil 500 dona Eldar qarag'ay ko'chatlari sotib olindi.

Eldar qarag'ay asli Ozarbayjonning shimoli-g'arbiy qismidan kelib chiqqan, keng, yoyilgan toj bilan, balandligi 15-20 metrgacha bo'lgan chiroyli daraxt. O'simlik kuchli shamollarga muvaffaqiyatli qarshi turadi va tuproqqa talabchan emas.



Malik Yusupov, "Ucell-Qarshi" mintaqaviy bo′lim direktori v.b.:


— Qashqadaryo viloyatining iqlimi qiyin, shuning uchun ekiladigan daraxtlarning turini tanlash juda muhimdir. Bu masalada bizga Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bo'limining bosh agronomi Mansur Eshnazarov yordam berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Eldar qarag'ay mintaqaning keskin kontinental iqlimiga yaxshi mos keladi. U sho'rga, qurg'oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamli bo'lib, tegishli parvarishda tez o'sadi va osongina ildiz otadi. Bulutli ob-havoga qaramay bugun ko’chatlarni qismini ekdik. Shu kunlar davomida qolganlarini ham ekamiz.

Ko'chatlarning yoshi — 3 yil, balandligi — 2 dan 2,5 metrgacha.

Aksiyada Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, Ucell hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
 


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.