Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Surxondaryo tog'larida 2850 metr balandlikda joylashgan stantsiya (video)
22OKT2020

Surxondaryo tog'larida 2850 metr balandlikda joylashgan stantsiya (video)



Surxondaryo viloyatida aholi punktlarining katta qismi olis tog‘li hududlarda joylashgan. Bu esa aholini aloqa xizmatlari bilan to‘laqonli ta’minlashni qiyinlashtiradi.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh ofisiga mamlakatimizning turli mintaqalaridan har kuni so‘rovlar kelib tushadi. Ucell kompaniyasining mutaxassislari guruhi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va muammolarni zudlik bilan aniqlash uchun mintaqaviy bo‘limlarga yuboradi. Shu maqsadda kompaniya rahbariyati va mutaxassislari uyali aloqa muammolarini topish va hal qilish maqsadida doimiy ravishda O‘zbekistonning turli hududlariga tashrif buyurib, abonentlar bilan uchrashib kelmoqdalar.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Ucell kompaniyasiga Surxondaryo viloyati Saraosiyo tumani «Bog‘cha» fuqarolar yig‘ini tomonidan murojaat kelib tushdi. Mahalla qo‘mitasi aholi nomidan uyali aloqa va internet sifatini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgandi o‘shanda.
Murakkab sharoitli hududlarda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish juda qiyin jarayon deb hisoblanadi. Chunki ba’zi tog‘ va qir tepaliklariga butlovchi qismlarni faqat vertolyotda olib chiqish mumkin. Yoki ot va eshaklarda.
Iqtisodiy hisob-kitoblar ham mavjud: biznes, qoida tariqasida, tikilgan pulni iloji boricha tezroq qaytarishni kutadi. Ijtimoiy mas’uliyat hamma uchun ham, har doim ham foyda haqida o‘ylashdan ustunroq bo‘la olmaydi.



Muammoni joyida hal qilish uchun «Ucell-Termiz» filialining mintaqaviy direktori v.b. Bobur Hasanov, Toshkentdan kelgan tarmoqni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Muchkayev va texnik departament mutaxassislari hududga yetib borishdi.

Tog‘ etaklarida, vodiylarda va aksariyat dovonlarda aloqa bilan ta’minlash murakkab sanaladi. Signal uzatishning asosiy muammosi, avvalambor hududning murakkab past-balandliklaridir. Shuning uchun tayanch stansiyani o‘rnatishdan oldin batafsil tadqiqot ishlari olib borildi.
Texniklar nafaqat 4G tayanch stansiyasini o‘rnatish kerak degan xulosaga kelishdi, balki uni 2850 metr balandlikda, aynan «Bog‘cha» qishloq fuqarolar yig‘inining yuqorisida o‘rnatish uchun qulay joy topdilar. Qishloq aholisi xabardor qilindi: tayanch stansiya o‘rnatiladi, aloqa tiklanadi.
Barchasi shunday tez sodir bo‘ldi. Ular va’da bergandilar va so‘zlarida turdilar. 2019 yil oktyabr oyida 4G tayanch stansiyasi o‘rnatildi.
Yaqinda Toshkent va termizlik jurnalist va blogerlar, «Ucell-Termiz» mintaqaviy ofisi xodimlari bilan birgalikda Sariosiyo tumanining «Bog‘cha» qishloq fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar. «Xabar.uz» ushbu hududdan maxsus videoreportaj tayyorladi.



Orzubek Qodirov, «Ucell-Termiz» texnik xizmat ko‘rsatish guruhining bosh mutaxassisi:
— Bog‘cha qishlog‘ida o‘rnatilgan 2G va 4G aloqa stansiyalari, ayniqsa, internet tezligi ishning yuqori sifatda bajarilganini ko‘rsatadi. Masalan, 4G tarmog‘i bilan internetning maksimal tezligi 50 Mb/s.ga yetadi. Bu esa onlayn o‘quv mashg‘ulotlarida bemalol qatnashsa bo‘ladi deganidir. 2G tizimi esa aholining sifatli aloqaga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda. Biz tog‘li va tog‘ etaklaridagi aholi punktlarini yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz.

— Ucell antennasi maktab yonidagi tepalikka o‘rnatilgandan buyon aloqa ancha yaxshilandi, — deydi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 44-maktab direktori Kamoliddin Nuraliyev. — Buning uchun maktab o‘quvchilarining har biri kompaniya mutaxassislaridan minnatdor. Xususan, karantin davrida onlayn darslar o‘tkazishda o‘qituvchilarga katta yordam berdi. Internet tezligini oshiradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifalarni ham osonlashtirdi. Bu tuman markazi bilan onlayn ravishda ma’lumot almashishda seziladi. Ilgari ma’lumotni «yetkazib berish» uchun biz 90 km masofani bosib o‘tishimiz kerak edi. Endi ma’lumot uzatish bir necha tugmachalarni bosish bilan amalga oshiriladi.



Ta’kidlash lozimki, bulutlar ostidagi ushbu 4G tayanch stansiyasi tufayli bugungi kunda mintaqada faqat Ucell uyali aloqa operatorining mobil aloqa tarmog‘i faoliyat ko‘rsatadi.
Umuman olganda, Surxondaryo viloyatida 330 ming Ucell abonentlari mavjud bo‘lib, ular uchun 129 savdo nuqtalari tashkil etilgan. Ular kompaniya xizmatlarini maksimal darajada sifatli bajarishga yo‘naltirilgan.

Manbaa: https://youtu.be/2mOaDWVh_N0,   https://xabar.uz/uz/8uqn
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.