Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell call-markazi autsorsing xizmatlarini taklif qiladi
17IYN2021

Ucell call-markazi autsorsing xizmatlarini taklif qiladi

Ucell kompaniyasi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida ahamiyat qaratadi. Buning uchun Abonentlarga axborot xizmati ko‘rsatish departamentida zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Qolaversa, Departament xodimlari mijozlarning turli masalalarini hal etish uchun kasb mahoratini oshirish treninglarida muntazam qatnashib borishadi.

Qayd etish lozimki, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» va uni samarali amalgaoshirish chora-tadbirlari» strategiyasi Abonentlarga axborot xizmati ko‘rsatish departamentida yangi yo‘nalishning rivojlanishida muhim dastur bo‘lib xizmat qildi. Bu tashabbus orqali — Dijital kanallarni sotish va rivojlantirish bo‘limi yaratildi va uning asosiy yo‘nalishlaridan biri Autsorsing xizmatlarini amalga oshirish etib belgilandi.

Ucell — mijozlarga turli yo‘nalishlarda keng ko‘lamda autsorsing xizmatlarini taklif etuvchi O‘zbekistonda birinchi mobil operatordir.



Bugungi kunda kompaniya samarali tarzda autsors xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda va ular yordamida siz biznes bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning bir qismini Kompaniya ekspertlariga topshirishingiz mumkin. Ucell call-markazi vaqt va resurslarni tejovchi tayyor yechimlar va qulay to‘plamlarni taklif etadi.

Barcha usullar bilan siz kompaniya saytida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Bugun Ucell call-markazi – bu nafaqat professionallar yig‘ilgan jamoa, balki korporativ kommunikatsiya va texnologiyalar sohasidagi dunyo tan olgan ekspert – Amerikaning  Avaya kompaniyasining eng yangi texnik ta’minoti bilan jihozlangan zamonaviy ofislar hamdir. Tizimlarning funksionalligi, ishonchliligi va moslashuvchanligi jihozlar sifatining chindan ham yuksak darajasi haqida so‘z yuritishga imkon beradi. Masalan, chaqiruvlarni taqsimlashning avtomatik tizimi mos keluvchi operator bilan bog‘lanish muammosini hal etadi va yuklamani tartibga soladi.

Birgina 2021 yilning birinchi choragida Kompaniya call-markaziga 2 milliondan ortiq qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Operator bilan bog‘lanishning o‘rtacha koeffitsiyenti 95% dan oshiqni tashkil etdi, kutib turish 3 daqiqadan kam bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatilgan qo‘ng‘iroqlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 96% dan yuqori bo‘ldi.



Abonentlarga axborot xizmati ko‘rsatish departamentida, shuningdek, abonentlar uchun aloqaning muqobil kanallariga ham e’tibor qaratilmoqda. Bular – ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yoki interaktiv ovozli yordamchi orqali muloqotdir.

Telegram-bot orqali «Savol berish» va «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» singari muloqot kanallari samarali joriy etildi va ishga tushirildi.

Kompaniya xizmatlaridan foydalanish qulay bo‘lishi uchun rasmiy saytda internet-do‘kon yaratildi, u Facebook ijtimoiy tarmog‘i bilan integratsiya qilingan.



Shuningdek, abonentlar bilan muloqot qilishning boshqa kanallari – Shaxsiy kabinet, Kompaniya saytidagi qayta aloqa shakli va «Navbatsiz» xizmati ham samarali faoliyat yuritmoqda.

Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan har oyda kompaniya bilan aloqaning muqobil usullari orqali kelib tushuvchi 20.000 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqiladi. 

https://xabar.uz/uz/gg7w

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.