Bugun "Yakkasaroy" restoranida Xalqaro nogironlar kuni va "Mehribonlik" jamiyatining 30 yilligiga bag'ishlangan xayriya kechasi bo'lib o'tdi. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) kompaniyasi ushbu tadbirning homiylaridan biri bo'ldi.
Haqiqat shundaki, hozirda hatto sog'lom odamlar ham jamiyatda o'z o'rinlarini qiyinchilik bilan topishyapti. Nogironlar haqida o`ylab ko`ring. Jamiyatning zaif qatlamni oldida turgan asosiy to'siqlar qatorida bandlikning pastligi, ta'lim va sog'liq sohalarinig yetarli darajada moslashmaganligi. O'zbekistonda nogironlarni qo'llab-quvvatlash bilan bir qator tashkilotlar shug'ullanadi. “Mehribonlik” jamiyati shulardan biridir.
Zulfiya Yoqubova, Yakkasaroy tumani “Mehribonlik” jamiyatining raisi:
— "Mehribonlik" tashkiloti bu yil 30 yoshga to'ldi. Bayram sharafiga har yili jamiyatning barcha a'zolari uchun tantanali tadbir tashkil etiladi. Biz yordamga muhtojmiz. Ucellga ushbu yordam qo'lini cho'zganligi uchun tashakkur bildiraman. Kompaniya rahbariyati va xodimlarga chin dildan mehr-oqibat, tinchlik, sixat-salomatlik tilab qolaman.

Svetlana Saidzoda Sa`diy, san'atshunos, Yakkasaroy tumanidagi "Mehribonlik" jamiyatining volontyori:
— Uyushmaning to'liq nomi "Nogironlarga ijtimoiy o'zaro yordam ko'rsatish bo'limi". Jamiyat nogironlarga ham moddiy, ham psixologik yordam ko'rsatadi. Bugungi bayramning asosiy maqsadi odamlarga qiyin kundalikda hamroh bo'ladigan yaxshi kayfiyatni bag'ishlashdir. O'tkir Hoshimovning "ko`ngil piolasi" degan iborasi bor. Menimcha, bu so'zlar bizning vaziyatimizga juda mos keladi. Jamiyatimizni bayram bilan tabriklayman.
Zavqli raqlar va musiqasiz bayram o`tarmidi. Tadbirda musiqachilar va san'atkorlar, jumladan qo'shiqchi, "O'zbekiston – barchamizning uyimiz" va "Aprel bahori" festivallari laureati Magdalena Kim ishtirok etdi. Bayramga yig'ilgan odamlarning yuzlarida yorqin tabassum va quvonchni ko'rish juda yoqimli edi.
Ushbu tadbirni tashkil etishda yordam berganligi uchun Kompaniya faxriy diplom bilan taqdirlandi.