Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucellda shaxmat musobaqasi bo'lib o'tmoqda
10MAY2021

Ucellda shaxmat musobaqasi bo'lib o'tmoqda



Aprel oyidan boshlab COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha mintaqalar xodimlari o'rtasida shaxmat musobaqasini o'tkazmoqda. O’tgan xaftaning oxirida Nukusda, Respublika ixtisoslashtirilgan o'yinlar va yengil atletika bolalar va o'smirlar maktabi devorlarida Ucell-Nukus xodimlari o'rtasida kompaniyaning birinchi shaxmat turnirining saralash bosqichi bo'lib o'tdi. O'yinlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilib, kasbiy bayram — Radio va aloqa kuniga belgilandi.

Saralash o'yinlari Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Guliston, Jizzak va Namangan shaharlarida bo'lib o'tgan. Shu kunlarda saralash turnirlari Nukus, Qo'qon va Toshkentda bo'lib o'tmoqda.



Shaxmatning tarixi bir yarim ming yildan oshiqroq, zamonaviy ko’rinishda esa shaxmat olti asr oldin paydo bo'lgan. Bugungi kunda shaxmat Olimpiya o'yinlariga kiritilgan va intellektual sportning eng mashhur turlaridan biri bo'lib qolmoqda. Ucell o'z xodimlarining sportga bo'lgan qiziqishini va faolligini saqlashga intiladi. Kompaniyada har yili ko'ngilochar va turistik sayohatlar, stol tennisi musobaqalari, voleybol va futbol musobaqalarini tashkil etiladi. Shaxmat bo'yicha musobaqa Kompaniyada birinchi marotaba o'tkazilmoqda. Uning maqsadi hamkasb, sherik va raqobatchilarini qiziqarli networking orqali birlashtirish.



Bayram Jumagulov, "Ucell-Nukus" mintaqaviy filiali direktori v.b.:

— Shaxmat - bu intellektual sport turi bo’lib, telekommunikatsiya sohasida ishlaydiganlar orasida havaskor shaxmatchilar ko'p bo'lishi ajablanarli emas. Aloqa xodimi, xuddi shaxmat o'yinchisi kabi, ustuvor masalalarni aniqlashni va vaziyatni dinamikada ko'rishni bilishi kerak. Kompaniya mutaxassislari yuqori sifatli aloqa bilan ta'minlashning strategik ahamiyatini tushunadilar. Shunday qilib, o'tgan yilning oxirida Kompaniya mamlakatimizning eng chekka joylaridan biri - Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot viloyatida yangi baza stantsiyasini ishga tushirdi. Texnik bo'lim mutaxassislari bir necha oy ushbu mintaqada tayanch stantsiyani qurishga tayyorgarlik ko'rishdi. Ushbu stantsiya chegara postlari, Qozog'istondan kelgan mehmonlar, shuningdek, mamlakatga qaytib kelayotgan fuqarolar uchun aloqa mavjudligini ta'minlashi kerak. Ularning har biri telefonda tanish ovozlarni eshitishi lozimdir.

Shaxmat musobaqasida Kompaniyaning mintaqalardagi va Toshkentdagi barcha ofislaridan 63 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi musobaqalarni tashkil qilishda yordam bermoqda: g'oyadan tortib yakuniy turnirgacha.



Kuralbay Jakashev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasining direktori:

— Biz Ucell kompaniyasini xodimlar o'rtasida shaxmat musobaqasini tashkil qilishda qo'llab-quvvatlashdan xursandmiz. Turnir, ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori bilan bog'liq ravishda dolzarbdir. Bugungi kunda ushbu sport turi jadal rivojlanib, ommalashib bormoqda. Maktablarda bolalar va o'spirinlar o'rtasida musobaqalar o'tkazilmoqda. Intilish uchun marralar kata va Federatsiya barcha manfaatdor tomonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor.

Har bir ishtirokchiga esdalik diplomlari va shaxmat to'plami topshirildi. Ikki g'olib Toshkent shahrida 19 may kuni O'zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasida bo'lib o'tadigan musobaqaning final bosqichida qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ucell shaxmat bo'yicha musobaqa Kompaniyada yaxshi an'anaga aylanib, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirishga yordam beradi deb umid qiladi.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.