O'tgan yili O'zbekistonda kichik biznesning GPDdagi ulushi 57,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichning o'zi tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiyotidagi o`rni va ahamiyati haqida ko`pgina ayta oladi. Zamonaviy raqamli dunyoda har qanday biznesning barqaror rivojlanishining mezonlaridan biri yaxshi aloqadir. Jahon tajribasi, aloqa sohasiga sarflangan har bir so`m ikki so`m daromad keltirishini tasdiqladi. Shunday qilib aloqachilarning ishi jamiyatning barcha sohalariga ta'sir qiladi. 2019 yilda Kompaniyaning boshqa kompaniyalar bilan o'zaro munosabatlarga yo'naltirilgan B2B sektori (qisqacha "Business-to-Business " yoki "Biznes uchun biznes") o'z faoliyatida katta yutuqlarga erishdi.
Xizmat ko'rsatish bo'limining operatorlariga va hududlardagi kichik, o'rta va yirik biznes mijozlari bilan ishlaydigan savdo vakillarga faoliyatlarida mahorat va yuqori ko'rsatkichlar uchun rag'batlantiruvchi diplom va sovg'alar topshirildi.
Diplom va sovg'alarni: Utkirхo`ja Riхsiхo`jayev, savdo va biznes segmentga xizmat ko’rsatish departamenti direktori, Tamila Persheeva, abonentlarga xizmat ko’rsatish va biznes segmentni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi bo'limi boshlig'I, Shaxnoza Xatamqulova, kichik va o’rta biznes (KO’B)ga mansub mijozlar bilan ish olib borish boshqarmasi boshlig'i topshirdilar.
Shahnoza Xatamqulova:
— Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat ish yuzasidan kelib chiqgan rishtalarini, balki ishonchli va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish juda muhimdir. Bugungi kunda “networking” deb ataladigan qobiliyat. Aholisi kam bo'lgan hududlarda bu katta ahamiyatga ega. Biz har bir abonentga individual yondoshishga harakat qilamiz. Aksariyat korporativ mijozlar uchun alohida tarif rejalari, chegirma va sodiqlik dasturlari yaratilgan. Biz ishbilarmonlik hamkorligidan tashqari shaxsiy munosabatlarni ham mustahkamlaymiz: ularni tug'ilgan kunlari, kasb bayramlari bilan tabriklaymiz: mijozning hayoti bilan yashaymiz.
