Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell ijodiy tanlov yakunlarini sarhisob qildi
16DEK2020

Ucell ijodiy tanlov yakunlarini sarhisob qildi



2020 yil 16 dekabr kuni «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) uyali aloqa operatori vakillari «Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» ijodiy tematik tanlovi g‘oliblarini taqdirladilar.

Materiallarda ishtirokchilar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan «Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da axborot texnologiyalari, jumladan, mobil aloqa sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishga alohida e’tibor qaratdilar.

Tanlovda 2020 yil 1 sentabrdan 30 noyabrgacha nashr etilgan ijodiy ishlar qabul qilindi. O‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridagi materiallarni televidenie, radio, gazeta, veb-saytlar, shuningdek bloglar va Telegram kanallari vakili bo‘lgan 43 jurnalist taqdim etdi. Eng yosh ishtirokchi 18 yoshda, eng kattasi 83 yoshda.



Mustaqil ekspertlardan tashkil topgan hakamlar hay’ati, mavzuni ochib berishda o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turadigan materiallarga ustunlik berdi.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun noutbuklar, smartfonlar, tashqi qattiq disklar, boshqa ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Valeriya Salaxutdinova, «O‘zbekiston 24» muxbiri, Buxoro:
— Ucell tomonidan Fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan ijodiy tanlov haqida men Telegram ishchi guruhidan bilib oldim. O‘sha paytda men Buxoro davlat tibbiyot institutining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv loyihasi haqida reportaj tayyorlashni rejalashtirgan edim. Bu Smart book challenge mobil kitobxonasi bo‘lib, u yerdan elektron kitoblarni QR kodini skanerlash orqali mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin. Bunday qiziqarli tanlovda qatnashish imkoniyati meni yanada ruhlantirdi. Mamnuniyat bilan tanlov arizasini to‘ldirib, efirga uzatilgan video lavhalarni yuborgandim. Mening ishim darhol ishtirok uchun qabul qilindi va men faxrli o‘rinni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Respublika miqyosida bunday yuksak bahoni olish men uchun katta sharaf. Tanlagan mavzusi, ijodkorlik uchun motivatsiya bag‘ishlagani va jurnalist faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani, halollik va albatta, faoliyatimiz juda zarur bo‘lgan sovg‘alar uchun tashkilotchilarga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qolgan g‘oliblar va ishtirokchilarni ham tabriklayman va barchaga yanada professional muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman!



Tanlov hakamlar hay'ati http://mobinfo.uz veb-sayti va https://t.me/MobInfo_uz telegram-kanalini boshqaradigan jurnalist va blogger Jamoliddin Turdimovga "Eng ixtisoslashgan sayt va telegram kanali uchun" maxsus sovrinni topshirdi.

Eldar Asanov, Asanov formati blogi muallifi, Toshkent:
— Yaxshi ish topish uchun uni qo‘lga kiritish kerak, buning uchun portfolio kerak, agar tanlovlar, grantlar, dasturlar bo‘lmasa, o‘z imkoniyatlarini realizatsiya qilish uchun imkoniyatlar mavjud emas. Menimcha, jamiyatimizdagi ushbu holat turli soha mutaxassislarining shaxsiy rivojlanishiga katta xalaqit beradi. Shuning uchun ham men har qanday tanlov, tadbir, dasturlarni qo‘llab-quvvatlayman. Eng muhimi shundaki, ular adolatli, shaffof o‘tishi va ishtirokchilarning haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishida. Menimcha, Ucell tanlovi juda adolatli va oshkora bo‘ldi. Har qanday holatda ham, men buni inkor etuvchi biron bir hodisani ko‘rmadim yoki eshitmadim. Bunday tanlovlar zarur, ularning ko‘pligi ma’qul. O‘nlab, yuzlab bu kabi tanlovlar yosh mutaxassislarga, turli sohalar ekspertlariga rivojlanish va imkoniyatlarini realizatsiya qilish yo‘llarini topishda yordam beradi. Shu munosabat bilan Ucell tanlovi ko‘plab ishtirokchilar va ko‘plab sovrinlar bilan meni xursand qildi. Bu shuni anglatadiki, murojaat qilganlarning aksariyati, hech bo‘lmaganda kichik, ammo motivatsiya olishgan, ya’ni ularning sa’y-harakatlari e’tiborsiz qolmagan. Bu ijobiy holat.

https://ucell.uz/uz/myucell/press_srv/Creative_competition_8








































































Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.