O'tgan hafta Ucell Akademiyasining "Qaror qabul qilish ko'nikmalari" dasturi doirasida trening bo'lib o'tdi. Trener sifatida mijozlar bilan o'zaro munosabatlarni tahlil qilish va optimallashtirish bo'limi boshlig'i
Saodat Abdurahimova ishtirok etdi va unga trening bo'limi mutaxassisi
Aziza Nurimova ko’makdosh bo’ldi.
Trening dasturiga quyidagilar kirdi:
-
Muammolarni hal qilish va ijodiy jarayon:
-
Shaxsiy va jamoaviy qarorlar qabul qilish.
Trening turli individual va jamoaviy topshiriqlarni, shuningdek o'yinlarni bajarishni o'z ichiga oldi. Hammasi bo'lib, Kompaniyaning turli bo'limlaridan 11 nafar xodimi treningda ishtirok etdi.
Aziza Nurimova, trening bo'limi mutaxassisi
«Qaror qabul qilish boshqaruvning markazida bo'lib, zamonaviy biznesdagi maqsad va vazifalarni belgilaydi. Bizning mashg'ulotlarimiz ma'lum bir algoritm bo'yicha qaror qabul qilishni yoki bosqichma-bosqich harakatlarni ko'rsatishni o'rgatdi deb ayta olmayman, lekin bu ishtirokchilarga mavjudligiga ko'pincha shubha qilmaydigan xatolarni bartaraf etishga yordam beradi. Isroil va amerikalik psixolog Daniel Kaneman ishiga asoslanib, ishtirokchilar nafaqat qaror qabul qilish, balki boshqaruv va strategik rejalashtirish sohasida ham qimmatli ko'nikmalarga ega bo'lishdi.
Umid qilamizki, olingan bilim va ko'nikmalar ishtirokchilarga o'z professional maqsadlariga erishishda foydali bo'ladi va shu orqali Kompaniyamiz rivojlanishidagi umumiy g'oyalarga hissa qo'shadi ".
Olesya Samoruk, rouming bo'limining yetakchi mutaxassisi:
“Qaror qabul qilish oddiy, oson jarayon sifatida qabul qilingan. Har bir inson har kuni kun boshlanishidan tugashigacha qaror qabul qiladi. Bugun bizga qanday samarali qaror qabul qilish mexanizmlari, texnikasi, nazariyalarini ochib berishdi. Biz bilan shunday foydali ko'nikmalarni bo'lishganlari uchun trening tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildiraman”.