Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi tashkillanmoqda
18AVG2020

Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi tashkillanmoqda



Besh kun ichida yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika taʼlim olishadi.


Joriy yil 24-28-avgust kunlari  butun O‘zbekiston yoshlari uchun Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi  tashkil  etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Axborot  texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi birgalikda ushbu yirik innovatsion loyihaning tashkilotchilari hisoblanadi.



Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika hamda frilans taʼlim olishadi.

Yana bir eʼtiborli jihati, tadbirga AKT sohasidagi eng mashhur va tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar - Angry Birds mobil o‘yini asoschisi, Google  kompaniyasi rivojlantiruvchi ekspertlari va yirik  IT loyihalar asoschilarining maʼruzalarini tinglash bilan birga, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob ham olishingiz mumkin.

Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohida ishtirok etish uchun  23-avgust, 21:00gacha camp.digitalgeneration.uz  havolasi orqali ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganlar ushbu loyiha ko‘magida zamonaviy texnologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.



Batafsil: https://mitc.uz/uz/news/view/1603
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.