Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucellda shaxmat bo‘yicha katta musobaqa bo‘lib o‘tdi
20MAY2021

Ucellda shaxmat bo‘yicha katta musobaqa bo‘lib o‘tdi



Aprel oyidan boshlab COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha viloyat filiallari xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqalarini o‘tkazmoqda. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Shaxmat Akademiyasi hududida kompaniya ishchilari o‘rtasida birinchi shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o'tdi.

Saralash o‘yinlari bir yarim oy ichida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilib, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Qo‘qon va Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Oq-qora maydondagi janglarda Kompaniyaning barcha ofislaridan 66 nafar ishchi qatnashdi. 11 nafar ishtirokchi finalga chiqdi.
Kompaniyada birinchi marta shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.



Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ Bosh direktori (Ucell savdo belgisi):

— Biz Ucell kompaniyasida an’anaviy ravishda nafaqat biznesda yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga, balki xodimlarning ichki shart-sharoitlardan qoniqish darajasi haqida ham qayg‘uramiz.
O‘tgan yilning kuzida kompaniya xodimlari orasida katta ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra, ko‘plab xodimlar kompaniyada sog‘lom turmush tarzini faollashtirish tarafdori bo‘lishdi, ayniqsa, shaxmat bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish zarurligi alohida qayd etildi.
Aytish joiz, har yili Ucell kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘ngilochar va turistik sayohatlar, stol tennisi musobaqalari, voleybol, basketbol va futbol musobaqalarini tashkillashtiradi. Shaxsan o‘zim basketbol muxlisiman va bajonidil o‘yinlarda qatnashaman.
Endi shaxmatga ham navbat keldi. Bu xotira, mantiq va diqqat-e'tiborni rivojlantiradigan ajoyib sport turi hisoblanadi. Bizda shaxmatga katta hurmat va e’tiborga bilan qarashadi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni ham yaqqol misol bo‘la oladi.
Saralash bosqichi o‘yinlari allaqachon musobaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi va o‘ylaymanki, kompaniyada bu yaxshi an’anaga aylanadi, intellektual sport turi sifatida shaxmatning yanada ommalashishiga hissa qo‘shadi.




O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi musobaqalarni tashkil qilishda: musobaqa reglamentini ishlab chiqish g‘oyasidan tortib, final bosqichlarini FIDE hakamlari bilan o‘tkazishgacha bo‘lgan jarayonlarda ko′maklashdi.

Musobaqa finali shveytsarcha tizim bo‘yicha 5 turda o‘tkazildi. O‘rinlar to‘plangan ballarning ko‘pligi bo‘yicha aniqlandi.
Eng yaxshi natijani IT-xaridlar bo'limining etakchi mutaxassisi Alisher Boboyev ko'rsatdi, ikkinchi o'rinda tahlil departamentining etakchi mutaxassisi Davron Sulaymonov.
Ikkita uchinchi o‘rin Nukus shahri texnik xizmat ko'rsatish guruhi muhandisi Imomaddin Allamuratov va Buxoro shahri biznes segmentiga xizmat ko'rsatish bo'limining operatori Behzod Xoliqovlarga nasib qildi. Turnir sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlandi: Turnir g‘olibiga 5 million so‘m, kumush medal sohibiga 3 million so‘m hamda bronza medal sohiblariga 1 million so‘mdan pul mukofotlari berildi. Final bosqichining qolgan yetti ishtirokchisiga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Alisher Boboyev, shaxmat musobaqasi g'olibi:

— Yagona maqsad yo‘lida birlashgan jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Bahslardagi o‘zaro raqobat muhitiga qaramay, butun musobaqa davomida yagona jamoa, hamkasblar bo‘lib qolishda davom etdik. Tashkilotchilarga katta rahmat deyman. Turnir bizni bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatdi, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda. Bizning xodimlarimiz kuchli qat’iyat va mustahkam iroda ko‘rsatishdi. Birinchilikni qo‘lga kiritish juda hayajonli, bu men uchun ulkan sharaf.



O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan Ucell joriy etib kelayotgan zamonaviy texnologiyalari orqali hayotning eng yaxshi qulayliklari har yerda va hamma uchun foydali bo‘lishiga intiladi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.