Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell bloggerlari akademiyasi" ning ilk bitiruvchilari
24MAR2021

"Ucell bloggerlari akademiyasi" ning ilk bitiruvchilari



Kecha Hyatt Regency Tashkent otelida Ucell Blogerlar Akademiyasi loyihasi bitiruvchilarining tantanali bayram marosimi bo'lib o'tdi.

Ucell bloggerlar akademiyasi interaktiv loyihasi fevral oyida boshlangan. Bir oy mobaynida o‘rganuvchilarga eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglash imkoni taqdim etildi: SMM, kopirayting, PR, marketing, kontentni monetizatsiya qilish, notiqlik san’ati, foto va video tasvirga olish. Loyiha doirasida yoshlar O'zbekiston va qo'shni mamlakatlarning taniqli blogerlari bilan tanishdilar, muvaffaqiyat tarixlaridan ilhomlandilar va qiziqarli topshiriqlarni bajarib, o‘z mahoratlarini oshirdilar. Ucell bloggerlar akademiyasining o'qituvchi-murabbiylari orasida: Xushnudbek Xudoyberdiev, Akmal Raimov, Umid Gafurov, Feruzxan Yoqubxo'jaev, Madina Ruzmatova, Sergey Kim va boshqalar.



Tadbirda diplom va sertifikatlar, esdalik sovg'alari topshirildi. Kurs davomida yoshlar topshiriqlarni bajardilar va ijtimoiy tarmoqlarda 100ta post e'lon qildilar. Toshkent metropolitenida Ucell uyali aloqa va Internet haqidagi 31 ta xabar uchun alohida minnatdorchilik bildirildi. Uchta topshiriq natijalariga ko'ra g'oliblar aniqlandi. Eng faol bitiruvchilarni Ucellning biznes sheriklari — Venkon Communications aloqa agentligiga amaliyotga taklif qilindilar.



Nurmukhamedov Farkhod, Marketing va biznesni rivojlantirish bo'yicha Bosh director muovini COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi):

— O‘zbekistonda blogerlik endi-endi ommaviylashib bormoqda. Siz, aytish mumkinki, rivojlanishni boshlab berayotganlar qatoridasiz.  Bu kabi Akademiyani yaratish g‘oyasi anchadan beri bor edi. Bizgacha bu ishni hech kim qilmagan edi. Biz bu yo‘nalishda birinchi edik va shu bois, ko‘p soat davom etgan muzokaralar va taqdimotlardan so‘ng sinov loyihani o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi: biz g‘oyalarimiz amaliyotda qanday natija berishini ko‘rmoqchi bo‘ldik.
Bugun bloger bo‘lish zamonaviy, qiziqarli va hatto daromad keltiruvchi sohaga aylandi.
Men ko‘plab yo‘nalishlarni o‘zida jamlagan ushbu zamonaviy kasbni egallashga bo‘lgan intilishingizni yaxshi tushunaman.  Biz Akademiyaning yangi g‘oyalar generatori va istagan odamga sifatli kontent yaratish ko‘nikmalarini egallash imkoniyatini beruvchi fikr almashish maydoniga aylanishini istaymiz.




Arsen Dlyanchev, "Unique Present" media xoldingining asoschisi va rahbari:

— Ushbu oy davomida ilg'or tajribalari bilan O'zbekistonning eng muvaffaqiyatli bloggerlari Akademiya ishtirokchilari bilan o'rtoqlashdilar. Ucell yordami bilan bloglar dunyosiga kirish mazmunli bo'ladi desam adashmayman. Hozirda barcha tinglovchilar sohadan nimani kutishlarini biladilar. Blogger hayotining ko'pgina afzalliklari va ravshan kamchiliklari haqida samimiy va ochiq gaplashdilar. Ishonamanki, yaqinda biz yangi influyenserlarni onlayn ravishda kuzatamiz. Dunyo tez o'zgarib bormoqda, atrofda keng qamrovli yoritishni talab qiladigan ko'plab mavzular va muammolar mavjud.

Barcha ishtirokchilar uchun bu ulkan ijod yo‘lining faqat boshlanishidir. Oldinda ularni qiziqarli tanishuvlar, uchrashuvlar va albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z bloglarida yangi obunachilar kutmoqda.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.