Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
IMEI-kodlari va shaxsiy maʼlumotlar: qonunga zid harakatlar katta jarima yoki uch yilgacha qamoq jazosiga olib keladi
28SEN2020

IMEI-kodlari va shaxsiy maʼlumotlar: qonunga zid harakatlar katta jarima yoki uch yilgacha qamoq jazosiga olib keladi



Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishda xorijdan mamlakatimizga kelayotgan fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlaridan uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishi kuzatilyapti. Xususan, bunday shaxsiy maʼlumotlar asosida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan uyali aloqa vositalari UZIMEI mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimi orqali roʻyxatga qoʻyilayotgani haqidagi murojaatlar soni ortib bormoqda.
 
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK (UZIMEI)ga mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini roʻyxatga olish, vazirlik va idoralar hamda telekommunikatsiya operatorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish vazifasi yuklatilgan.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan joriy yilning sentyabr oyida Ichki ishlar vazirligi UZIMEI masʼul xodimlari ishtirokida muxokamalar oʻtkazdi, muammolarni bartaraf etish va tezkor choralar koʻrish tadbirlari belgilab olindi.
 
Shu oʻrinda eslatib oʻtish kerakki, fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlarini qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining
 46-2-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
 
Shunday harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, yoxud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda, xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilsa, yoxud ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1412-moddasiga asosan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 
Misol: 2020-yilning 18-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi Andijon viloyati IIB xodimlari bilan birgalikda Andijon shahrida oʻtkazgan tezkor tadbirlarda yuqorida qayd etilgan noqonuniy harakatlarni etgan uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1412-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Tergov yakuni boʻyicha qaror qabul qilinib, ushbu fuqarolarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi.
 
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, fuqaro bank filialidan oʻzining nomiga berilgan 5 ta plastik kartadagi pul mablagʻlaridan “UZPAYNET” MCHJ orqali jami 2158 dona uyali aloqa vositasini qonunga xilof ravishda “Mobil qurilmalarini roʻyxatga olish tizimi”da qayd etishda foydalangan. Ushbu holatda gumon qilinuvchilar juda koʻp sonli boʻlib, 3115 dona uyali aloqa vositasi Qirgʻiziston Respublikasidan Oʻzbekistonga bojxona nazoratini chetlab, aylanma yoʻllar bilan olib kirilgan.
 
Ayni vaqtda mazkur noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanayotgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy chora koʻrish yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan keng doirada tadbirlar davom ettirilmoqda.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.