Xayrli an’anani davom ettirib, “Ucell-Jizzax” mintaqaviy bo’limining vakillari Zomin va Paxtakor tumanlarida, shuningdek, viloyat markazida abonentlar bilan uchrashuvlarni o’tkazdilar.
“Ucell-Jizzax” mintaqaviy bo’lim direktor v.b. Jahongir Fozilov muhandislar bilan birgalikda avval Paxtakor tumani “Toshkent” mahallasiga tashrif buyurishdi. So’ngra, mutaxassislar Zomin tumanidagi “O’rta qishloq” MFYga borishdi. Uchrashuvlar kuni “COSCOM” MChJ (savdo belgisi “Ucell”) bir guruh mutaxassislari tomonidan Jizzaxdagi “Do’stlar Xatamov” mahallasiga bo’lgan tashrifi bilan yakunlandi.
Abonentlar aloqa sifati va Internetga ulanish tezligi bo’yicha o’z shikoyatlarini bildirishdi.
Jahongir Fozilov va Bo’lim mutaxassislari uchta saytning har biridagi haqiqatda mavjud holatlarni o’rganib chiqishdi, Kompaniyaga murojaat qilgan abonentlar bilan suhbatlashdilar.
Fozilov Jizzax viloyatidagi uskunalarni yangilanishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi, 2020 yilda viloyatdagi tarmoqni rivojlantirish rejalari bilan o’rtoqlashdi. Avval saytda e’lon qilinganidek, aynan 2020 yilning oxirida muhim texnik yangilanishlar kutilmoqda, bu degani tarmoq sifatining yaxshilanishi demak.
Ushbu uchrashuvlar natijalarini sarhisob qilsak, shuni aytish mumkinki, barcha murojaatchilar hamma eshitganlari bilan mamnun bo’lishdi va bildirilgan e’tibor hamda tezkorlik uchun minnatdorchilik bildirishdi. Uchrashuvdan esdalik sifatida abonentlarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Bugungi kunda Ucell-Jizzax mintaqaviy bo’limda 28 nafar xodim o’z faoliyatini yuritib kelishadi. Mintaqa bo’yicha abonentlar soni 394 mingdan ortiq. Viloyatda muvaffaqiyat bilan 113 ta dilerlik shahobchalari ishlab kelmoqda, ulardan 24 tasi Ucell mono-ofislari hisoblanadi.
