Sakkizinchi oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Yangier shahrida mijozlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ucell-Guliston kompaniyasining viloyat filiali mutaxassislari rahbari Ruslan O'runov boshchiligida "Binokor" mahallasidagi A. Yaxshibaeva va B. Toshpo'latov abonentlari bilan suhbatlashishdilar. Ulardan aloqa sifati va Internet tezligini oshirish murojati qabul qilingan.
Samimiy so'zlashuv davomida mutaxassislar hududiy muhandis bilan birgalikda muammoni o'rganib chiqishdi va uni hal qilish cho'ralarini aniqlashdi. Birinchi navbatda, Yangiyer shahrida drayv-test o'tkazish va tarmoqning sifatini tekshirish qaror qilindi. Abonentlarga yil oxiriga qadar texnik jihozlarni modernizatsiyasi rejalashtirilganligi haqida xabar berildi. Internetning hozirgi holati va tezligini tarmoqning qayta jihozlanishi natijasida sezilarli darajada o'zgartirishi kerak. Kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish uchun yangi baza stantsiyasi o'rnatiladi.
Abonentlar bilan odatiy muloqot ko'rinishini o'zgartirgan holda, Ucell kompaniyasi mamlakatdagi raqamli texnologiyalar yetakchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Ucell-Guliston hududiy filialida 24 xodim ishlaydi, ular 149 ming abonentga xizmat ko'rsatadilar. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 84 ta dilerlik punkti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi mono-ofislardir.