Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning barcha burchaklariga etkazish ustida ish olib bormoqdalar. Bunga iste'molchilarning shikoyatlariga asoslangan muntazam tashriflar yordam bermoqda. Abonentlar bilan yana ikkita shunday uchrashuv Namangan viloyatida bo'lib o'tdi.
Ucell-Namangan savdo menejeri Davron Tojibaev va kompaniya mutaxassislari abonentlar bilan uchrashish uchun bordilar.
Namangan shahridagi Kosonsoy va Islom Karimov ko'chalarida istiqomat qiluvchi Isoxon Mamadxo'jaev va Abdullaziz Musabaev ulanish sifatini yaxshilash va Internet tezligini oshirishni so'rashdi.
Uchrashuv mobaynida mutaxassislar mobil aloqa bilan bog'liq muammolarni muhokama qilib, mijozlarning savollariga javob berishdi. Abonentlarga hududda aloqani yanada qulay qiliish uchun yaqin orada Namanganda 4G tarmogi o'rnatilishi haqida ma’lumot berildi.
Abonentlar "Ucell" xodimlariga ishlarida ochiq va moslashuvchan bo'lganlari uchun minnatdorchilik izhor qilishdi.
Olti oy davomida kompaniya Xitoyning ZTE va Huawei hamkorlari bilan birgalikda $40 milliondan ortiq mablag'ga O'zbekistonning ettita viloyatida 4G bazasini modernizatsiya qilish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirdilar. Yaqin orada Ucell abonentlari mobil Internetning yaxshilangan tezligini o'zlari sinab ko'ra oladilar. Kelgusi yilda Kompaniya mamlakatning chekka hududlarida ham aloqalarni yaxshilash uchun texnik jihozlarni almashtirishni va yangi baza stantsiyalarini qurishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklarni kuzatib boring. O'zgarishlardan habardor bo'ling.
Bugungi kunda Namangan viloyatida 869 mingdan ortiq faol abonentlar istiqomat qiladi. Ularni tezkor xizmat bilan ta'minlash uchun 273 ta dilerlik punkti mavjud, ularning 45 tasi mono-ofislardir. Ofisdagi ishchilar soni 48 nafar.
