Ob-havo tufayli yuzga keladigan hodisalarni har doim ham oldindan bilib bo'lmaydi. Shunday qilib, 27 aprel kuni Buxoro viloyatida kuchli bo'ron va shamol barcha uyali aloqa operatorlarining aloqa tarmoqlariga ta'sir ko'rsatdi.
Viloyatning Olot, Qorako'l va Jondor tumanlarida telefon va Internet aloqasi tizimida, shuningdek, mobil baza stantsiyalarida jiddiy zarar qayd etildi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida yuzaga kelgan muammolarni tezda hal qilish uchun Buxoroga qo'shimcha to'rtt guruh Ucell texnik xodimlari va zarur jihozlar yuborildi.
Ikki kun ichida, Olot tumanida buzilgan stansiyalar qatoridan BH0229, BH0435 tayanch stansiyalari tiklandi. BH1075-BH0440 radio-relay liniyasining yo′li o'rnatildi va uning moslashuvi olib borilmoqda. Ishga tushgandan song ikkita sayt tiklanadi.
Tugun saytining qayta sozlash ishlari amalga oshirilmoqda, bu esa yana ettita saytni tiklashga imkon beradi. Yana 8ta chiqishni tiklaydigan radio-reley liniyasini o'rnatish bo′yicha ishlar boshlandi.
Hozirgi vaqtda Buxoroda tayanch stantsiyalarning 85% tiklandi.
Shu soatlarda, Ucell texniklari Sardoba suv ombori buzilgan Sirdaryo viloyatida suv sathining pasayishini kutishmoqda.
“O'zkomnazorat” davlat inspektsiyasi Sardoba suv dambasi atrofida joylashgan telekommunikatsiya xizmatlari va ob'ektlari to'g'risida rasmiy ma'lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, 2020 yil 1 may soat 11:00 holatiga ko′ra:
• "UMS" MChJ ning 14 ta tayanch stantsiyalari (UTS);
• 13 Unitel MChJ (3 BTS uzilgan va 10 BTS batareya bilan ishlamoqda).
• "O'zbektelekom" filiali "Uzmobile" ning 8 tayanch stantsiyalarida doimiy elektr energiyasi o′chgan.
• COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) ning 11 ta asosiy stantsiyalarida doimiy elektr energiyasi o′chgan va ularning barchasi batareyalarda ishlamoqda.