Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari orden va medallar bilan taqdirlandilar
28IYN2021

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari orden va medallar bilan taqdirlandilar



Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Prezident soha xodimlarini mukofotlash to'g'risida ko'rsatma berdi. Taqdirlanganlar orasida COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi rahbari, jurnalist, sharhlovchi, muharrir va blogger Baxtiyor Nasimov ham bor edi. Baxtiyor-aka “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Faxriy unvonla, orden va medallarga jurnalistlar, muharrirlar, muxbirlar, bloggerlar, operatorlar va bosmaxona ishchilari qatoridan 66 kishi sozovor bo′ldilar.

Prezident Farmonida ta'kidlanishicha, ularning barchasi mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar jarayoniga o'z hissasini qo'shganlar.

Mukofotlar qatoriga "Mennat Shuhrati", "Do'stlik" ordenlari, "Sodiq xizmatlari uchun", "So'g'lom turmush", "Kelajak Bunyodkori" va "Shuhrat" medallari kiradi.



Baxtiyor Nasimov, Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i:

— Axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli hayotning biron bir sohasi ham ommaviy kommunikatsiya sohasi kabi katta o'zgarishlarga duch kelmagan. Elektronika va yangi aloqa vositalari paydo bo'lishi bilan deyarli barcha axborot sohasiga kirib bormoqda. Bu tufayli mas'uliyat ham keskin oshdi.
Hech kim hech qachon jurnalistlar ustidan turmagan va buni aytmagin, yozmagin, buni yoz demagan —jasorat va fuqarolik javobgarlig bo'lishi kerak.
Bugungi mukofot kutilmagan bo'ldi. Men o'ttiz besh yildan beri jurnalistikada bo'lib, mamlakatdagi "O'zbekiston havo yo'llari" va "Iqtisodiy sharh" kabi yirik jurnallarga tahrir qildim va gazetalarda ishladim. Biroq, men ushbu medalni blogger sifatida oldim. Faoliyat sohasi butunlay boshqacha bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda har kim o'z blogini ochishi, millionlab auditoriyaga translyatsiya qilishi va muhim mavzularni ko′tarishi mumkin. Biz haqiqatni o'zgartira olamiz, hayotimizni yaxshiroq tomonga o'zgartira olamiz, shunchaki qo'rqmasligimiz kerak.


Munosib medal bilan chin dildan tabriklaymiz va yanada yuksak cho'qqilarga erishishni tilaymiz.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.