Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
«Ucell-Guliston» faoliyati bilan tanishamiz
01MAR2021

«Ucell-Guliston» faoliyati bilan tanishamiz



Bugungi kunda «Ucell» uyali aloqa bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu, birinchi navbatda, eng yangi texnologiyalarga sarmoyalar, abonentlarga individual yondashuv va tinimsiz mehnat natijasidir.

— Viloyat bo‘yicha «Ucell» uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi 81 ta dilerlik savdo nuqtalari mavjud. Eng chekka joylarda ham sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga harakat qilmoqdamiz. Ushbu yil va o‘tgan yillar davomida muhandislar tomonidan aloqa sifatini o‘rganish va uni yaxshilash maqsadida abonentlar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etildi. Ayni paytda ham ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqoblarni taqish talablarini xodimlarimizdan ham qattiq talab qilmoqdamiz. Ofis har kuni to‘rt marotaba dizinfeksiya qilinadi, — deydi «Ucell-Guliston» mintaqaviy filiali direktori Ruslan Urunov.



«Ucell-Guliston» mintaqaviy filiali abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruh rahbari Daniel Jamalov ham qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi:

— «Ucell-Guliston» mintaqaviy filialining abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘limimizda 3 nafar operator ishlaydi. Kuniga o‘rtacha 100 dan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatiladi. Ofisimizda mijozlarimiz uchun barcha qulayliklar mavjud. Elektron navbat tizimi, to‘lovlarni qabul qilish kassasi hamda infoklos ishlab turibdi. Hozirgi pandemiya davrida karantin qoidalariga amal qilgan holda, har bir tashrif buyuruvchining harorati o‘lchanadi, qo‘llari antiseptiklanadi va mijozlar o‘rtasida masofa saqlanadi. Barcha operatorlar esa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Ofisimiz mijozlarimiz uchun haftasiga olti kun, tushliksiz xizmat ko‘rsatadi.



«Telefon servis plus» rahbari Ulug‘bek Bo‘stonov uzoq yillardan beri davom etayotgan hamkorlik haqida iliq fikrlar bildirdi.

— «Ucell» kompaniyasi bilan 2009 yildan buyon birgalikda ishlab kelmoqdamiz. «Ucell» kompaniyasi tomonidan juda ko‘p sharoitlar yaratilgan. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib savdo shoxobchalarimizda abonentlar sonini ko‘paytirishga harakat qilmoqdamiz. Karantin davrida ham kompaniya bilan hamkorlikda ish olib bordik. Abonentlarga SIM-kartalarni uylarigacha yetkazib berdik.

Sirdaryo viloyati hududi bo‘ylab 135 ta tayanch stansiyalari o‘rnatilgan. Elektr ta’minotidan qat’i nazar stansiya tun-u kun ishlashi uchun ko‘chma generatorlar va quyosh batariyalari bilan jihozlangan. «Ucell-Guliston» mintaqaviy ofisi bosh muhandisi Bahodir Umarov texnik guruhning vazifasi jihozlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash va joylarda yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish ekanligini alohida ta’kidladi. 

Video: https://www.xabar.uz/uz/post/ucell-guliston-faoliyati-bilan?category=texnologiya

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.