Ucell doim yangiliklardan xabardor va vaqti-vaqti bilan abonentlar va dilerlarning ehtiyojlarini o'rganish, barcha ofislarda xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish uchun mintaqalarga safar qiladi. Yaqinda Kompaniya rahbarlari «Sayyor Qabul» abonentlar bilan uchrashuv doirasida Navoiy viloyati Uchquduq shahri, “Yo'lchilar” fuqarolar yig'iniga tashrif buyurishdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida olib borilayotgan ishlarni tahliliga bag'ishlangan yig'ilishda:
– Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi;
– Axborot va telekomminikatsiyalr sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi:
- Elektromagnit moslashuv markazi vakillari qatnashdilar.
Unda "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisisi) bosh direktorning texnik masalalar bo'yicha o'rinbosari Nodirxon Zoxidov, ommaviy segment bo'yicha sotuvlar va xizmat ko'rsatish bo'yicha direktor Akrom Najimov va viloyatlar bo`yicha muvofiqlashtirish va nazorat qilish departamenti direktori Nodir Nazarov va “Ucell-Navoiy” mintaqaviy direktori Alisher Gapparov ishtirok etdilar.
Keng fikr almashish davomida mintaqada AKTni rivojlantirish, shuningdek, aloqa va Ucell xizmatlari sifati bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so'ng Kompaniya xodimlari abonent Sanjar Esanovning iltimosiga binoan aholi punktiga keldilar. Shikoyat Internetga ulanish tezligi haqida kelib tushdi. Mutaxassislar muammoni joyda o'rganib chiqdilar va uni hal qilish yo'llarini aniqladilar. Qishloq uyali aloqa vositalarini texnik modernizatsiya qilish Ucellning 2020 yil rejasiga kiritildi.
So`ng rahbariyat "Ucell-Express Uchquduq" va “Ucell-Zarafshon” ofislariga borib, qurilish konstruktsiyalari, muhandislik uskunalari va binoning texnik xizmat ko'rsatilishini tekshirish uchun tashrif buyurdi.
Samarali kun mintaqadagi savdo bo'linmasi xodimlari va dilerlar bilan uchrashuv bilan yakunlandi. Unda 2019 yil yakunlari sarhisob qilindi.
Har bir bunday uchrashuvlardan so'ng, Kompaniya biznesni muvaffaqiyatli olib borilishi uchun doimiy ravishda aloqada bo`lish naqadar muhimligiga ishonch hosil qiladi. Ushbu uchrashuv ham mustasno bo`lmadi.