Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Telekommunikatsiya sohasi xodimlari mukofotlandi
30AVG2021

Telekommunikatsiya sohasi xodimlari mukofotlandi



O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik yubileyi arafasida mamlakatning telekommunikatsiya sohasi ishchilari ham davlat mukofotlari, esdalik nishonlar bilan rag’batlantirildi.

Bugun Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va aholi turmush darajasini barqaror oshirib borish uchun sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masalalarni amalga oshirishda aloqa yo’nalishi xodimlarining hissasi katta.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 26-avgustdagi  462-sonli buyrug'iga muvofiq tantanali marosim 29-avgust kuni videoanjuman formatida o’tkazildi.

Asosiy tadbir Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni chuqurlashtirib o’tishga ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lib o’tdi. Barcha hududlar va sohaning yirik bo’linmalari bilan o’rnatilgan videoaloqada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sohaning barcha ishchilarini chin yurakdan muborakbod etdi.

Soha xodimlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mukofotlariga loyiq ko’rildi, «O’zbekistonning 30 yilligi» esdalik nishoni, shuningdek, faxriy yorliqlar, “Mohir aloqachi”, “O’z kasbining ustasi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.



Alohida faxr va quvonch bilan ta’kidlashimiz mumkinki, mukofotlanganlar orasida “COSCOM” MCHJ (Ucell savdo belgisi)ning uch nafar xodimi ham bor:
Vladimir Vladimirovich Kravchenko, “COSCOM” MCHJ bosh direktori;
Gabdurahmanov Dmitriy Validjanovich, ulanish tarmog’ini rivojlantirish bo’limi boshlig’i.
G’ulomov Ahmadjon Ibrohimovich, hududiy bosh muhandis;
Uch nafar hamkasbimizning har biriga «O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi.

Ahmadjon G’ulomov, hududiy bosh muhandis:
— Bugungi esdalik nishon faqat mening xizmatim emas, butun jamoamiz g’alabasidir. Biz kelgusida ham mamlakatning telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda davom etamiz. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan bayram bilan tabriklamoqchiman.

Dmitriy Gabdurahmanov, ulanish tarmog’ini rivojlantirish bo’limi boshlig’i:
— Men Ucell kompaniyasida 1997-yildan buyon ishlayman. Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan menga esdalik nishon taqdim etishlarini eshitib juda xursand bo’ldim. Bizga bildirayotgan ishonchi hamda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo’shayotgan hissamizni munosib baholagani uchun mamlakatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. 



Mamlakatning asosiy bayrami arafasida davlatimiz iqstisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirish, Yangi O’zbekiston bunyodkorligiga munosib hissa qo’shish, iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, mintaqalar infrastrukturasini jadal rivojlantirishdagi  ko’pyillik samarali mehnati uchun O’zbekistonning yuzlab eng munosib fuqarolari rag’batlantirildi.

Barchani munosib mukofotlar bilan tabriklaymiz va kelgusida kasbiy muvaffaqiyat, sog’lik va farovonlik tilaymiz!

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.