Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
“Ucell” – yuqori tezlikdagi internetni rivojlantirishdan manfaatdor
03NOY2020

“Ucell” – yuqori tezlikdagi internetni rivojlantirishdan manfaatdor



“Ucell” mintaqaviy filiallari bo‘ylab media-turimiz davom etadi. Bu safar “Xabar.uz” sayti Surxondaryo sari yo‘l oldi va “Ucell-Termiz” mintaqaviy filialidan lavha hozirladi. 
 
Bugungi kunda mazkur filial 330 ming abonentga ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. E'tiborlisi, har bir viloyat va tuman markazlarida 4G tarmoqli zamonaviy stansiyalar muntazam ishlab turibdi.
 


– Kompaniyamiz 2020-2021 yillarda Surxondaryo viloyatida yangi bazaviy stansiyalar qurish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejalar ishlab chiqdi – deydi “Ucell-Termiz” mintaqaviy filiali direktori v.b. Bobur Hasanov. – “Ucell” kompaniyasi viloyatimizda tarmoq va yuqori internetni rivojlantirish hamda kengaytirishdan manfaatdor. Ayni paytda hududimizda biz bilan yaqin hamkorlikda ishlovchi 130 dan ortiq dilerlik shoxobchalari mavjud va ular doimiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
 
Kuchaytirilgan karantin davrida ham kompaniyaning dilerlik shoxobchalari va ofislari o‘z faoliyatini to‘xtatmadi. Aksincha abonentlarga yangi qulayliklar yaratish ustida bosh qotirdi. Jumladan, sim karta yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Ya'ni har bir abonent uydan chiqmasdan tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu xizmat hozirda ham mavjud.
 


– “Ucell-Termiz” mintaqaviy bo‘limida ikkita abonent xizmat ko‘rsatish ofisi mavjud: Termiz va Denov shaharlarida. Front ofisda esa 5 nafar operator abonentlar xizmatida – deydi “Ucell-Termiz” Abonentlar bo‘limi rahbari Viktor Koyda. – Biz kuniga o‘rtacha 200 ga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatamiz va ofisimizga tashrif buyuruvchi har bir mijozning harorati o‘lchanadi. Qo‘llariga antiseptik vositalar bilan ishlov beriladi. Karantin davrida rahbariyat xodimlarimizni ofisga va uyga yetkazuvchi transport hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minladi.
 
– Men 2016 yildan beri “Ucell” kompaniyasi bilan shartnoma asosida ishlab kelaman. Bizga taqdim etilayotgan qulayliklar uchun ham ushbu kompaniyani tanlaganman – deydi “Ucell-Termiz” dileri Mehriniso Narzieva. – Kelajakda hamkorlikdagi faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatimiz bor. Muhimi, karantin davrida ham xizmatlarimiz to‘xtab qolmadi, ishlashda davom etdik. Raqam yetkazib berish, tiklash xizmatini yo‘lga qo‘ydik. Ochig‘i, biz “Ucell” kompaniyasidan juda mamnunmiz. 
 
Termizdagi ofis abonentlar uchun haftada 6 kun ishlab, aholiga tushliksiz xizmat ko‘rsatadi. Eng asosiysi, tashrif buyuruvchilar ochiq chehra bilan qarshi olinib, xushmuomalalik bilan kuzatiladi.
 
“Ucell-Termiz” mintaqaviy filiali ishonchli va sifatli xizmat uchun doim shay!

Manbaa: https://youtu.be/Rtdpuu3vJyY,   https://xabar.uz/0giw
 

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.