Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell: Flagman motivatsion tadbiri
18IYN2021

Ucell: Flagman motivatsion tadbiri



"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) hududiy filiallar o'rtasida "Flagman" motivatsiya tadbirini joriy qildi. May oyining boshida har bir hududdagi bo'linmalar o'zaro biznes raqobatga kirishdilar. Va mana birinchi g'olib ham aniqlandi.
2021 yil may oyidagi biznes ko'rsatkichlari natijalariga ko'ra eng yaxshi natijani ko'rsatgan hududiy bo’linma "Ucell-Andijon" ofisi bo’ldi.
Yetakchi hududiy bo’linma jamoasi g'olibning nomi o’yib yozilgan Kubok va faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi. Tadbirda qatnashgan bo'linmaning har bir xodimiga pul mukofoti berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi - yuqori natijalarga erishish uchun motivatsiya. Bugungi kunda Ucell oldida eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan darajada telekommunikatsiya infratuzilmasini sezilarli darajada modernizatsiya qilish vazifasi turibdi. Hududlardagi har bir xodimning biznes jarayonlariga jalb etilishini kuchaytirish uchun favqulodda ehtiyoj tug’ildi.
Har oy yetakchi guruh quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlanadi:
• Yangi ulanishlar
• Dilerlar samaradorligi
• Yangi ulanishlar ARPU si



Vladimir Kravchenko, “COSCOM” bosh direktori (ТМ Ucell):
— Hozirda barchamiz O'zbekistonning uyali aloqa bozorida kuchli raqobatning guvohi bo'lmoqdamiz. Barcha segmentlarda har bir abonent uchun kurash ketmoqda. Turli xil tariflar va xizmatlar ishga tushirilmoqda, doimiy ravishda yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, soha yuqori sur'atlarda rivojlanmoqda. Ucell jamoasi ham bir joyda turmayabdi, raqiblarning yangi chaqiriqlariga samarali javob bermoqda va rivojlanish tendentsiyasini belgilamoqda.
2021 yilda Kompaniya asosiy e'tiborni tarmoqni rivojlantirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatiga qaratmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz - mamlakat aholisini yuqori tezlikdagi va barqaror internetdan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlashdir. Mavjud tayanch stantsiyalari yangilanmoqda va yangilari ishga tushirilmoqda.
Bugungi kunda kompaniya hududlarga katta e'tibor qaratmoqda: raqobatchilar uxlashmayapti. Vaziyatni tanqidiy baholab, hududiy bo’linmalarning barcha kuchlarini safarbar etish zarur. Aynan shuning uchun “Flagman” tadbiri yo’lga qo’yildi. Va birinchi oy natijalariga ko'ra, allaqachon q’olib aniqlangan. Ucell-Andijon jamoasini munosib g'alaba bilan tabriklayman.



Baxtiyorjon Turdiyev, "Ucell-Andijon" hududiy bo’linmasi direktori:
— Ucell rahbariyati xodimlarning rivojlanishi va o'qitilishi, kasbiy martabalari o'sishi, motivatsiyasi va jalb etilishiga kata ahamiyat ko’rsatmoqda. 
Bizning ofis mamlakatimizning barcha tarmoqlari orasida eng yaxshi natijaga erishganidan xursandman. Endi biz birinchi bo'lib kubokni qabul qilib olganimizdan so’ng, ushbu Kubok Andijonni tark etmasligi uchun qo’limizdan kelgancha harakat qilamiz. Biz yuqori sifatli yangi ulanishlar sonini ko'paytirish, dilerlik tarmog'ini rivojlantirish va abonentlarning sodiqligini oshirish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni amalga oshiramiz.



Ucell har bir hududiy bo’linmaning g'alabasi, bu Kompaniyaning har bir xodimining g'alabasi ekanligiga ishinchi komil.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida Ucell eng yaxshi hayot sifatini hamma joyda mavjud va hammaga foydali qilishga harakat qiladi.

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.