Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell-Navoiy" ochiq muloqotda
12IYL2021

"Ucell-Navoiy" ochiq muloqotda



Ucell kompaniyasi o'z tarmog'ini O'zbekistonning barcha hududlarida muntazam ravishda kengaytirib kelmoqda. Shu kunlarda Alisher Gapparov "Ucell-Navoiy" mintaqaviy ofisi direktori v.b. 2021 yilning birinchi yarim yilligi natijalari muhokama qilingan efirdagi Ochiq muloqotda ishtirok etdi.

Efir doirasida aloqa tizimidagi sifat o'zgarishlari va karantin paytida abonentlar uchun yaratilgan qulayliklar e'lon qilindi. Shu jumladan 2021 yil boshidan boshlab:
57 — 4G tayanch stansiyalari,
21 —3G stansiyalari,
35 —2G stansiyalari ishga tushirildi. 

Bugungi kunda respublika aholi punktlarining 73,9% to‘rtinchi avlod aloqa vositalari bilan ta'minlangan, Navoiy viloyatida 4G tarmog‘i hududning 69.1% qismini qamrab olgan.

Ucell bugungi kunda tayanch stansiyalarni muqobil elektr energiyasi manbalari bilan ta'minlash bo‘yicha sohaning yetakchisiga alangan. 2021 yil boshidan buyon Navoiy viloyatida 156 ta akkumulyator batareyalari (AKB) almashtirildi va ob'ektlarga 7 ta yangi quyosh stansiyalari o‘rnatildi.

Kompaniya tarmog‘idagi sifat va miqdoriy o‘zgarishlar trafik sarflanishiga ta'sir qiladi, shuning uchun LTE trafigi 2021 yilning 1-choragida Navoiy viloyatida o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 141% ga o‘sdi.



Bugungi kunda hududda 112ta dilerlik markazlari mavjud. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati yuqori darajada bo‘lishi uchun ular doimiy ravishda tekshiruv va nazorat qilib turiladi. Shuningdek, operatorlar uchun treninglar o‘tkaziladi.

Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida chekka hududlarda tezkor ofislar tashkil etildi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari kuniga o‘rtacha 200ta foydalanuvchilarga aloqa, sim-kartalar, tariflar va boshqalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishadi. Zamonaviy standartlar asosida ofisda elektron navbat tizimi o‘rnatilgan.

Korporativ mijozlar bilan faol ishlar olib borilmoqda: texnik xizmat ko‘rsatish, ulanish, SIM-kartalarni yetkazib berish va boshqa xizmatlarning ko‘rsatilishi shular jumlasidandir.

O‘zbekistondagi eng yirik uyali aloqa operatori Ucell, joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida har bir hududda hayotning yanada sifatli bo‘lishini va hamma uchun foydali bo‘lishini ta'minlashga intiladi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.