Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell-Navoiy" iyun oyida eng yaxshi bisnes-natijani ko'rsatdi
15IYL2021

"Ucell-Navoiy" iyun oyida eng yaxshi bisnes-natijani ko'rsatdi



"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) hududiy bo’linmalari o'rtasida "Flagman" motivatsion dasturini joriy qildi. 2021 yil iyun oyidagi biznes ko'rsatkichlari natijalariga ko'ra eng yaxshi natijani ko'rsatgan hududiy bo’linma "Ucell-Navoiy" ofisi bo'ldi.

May oyining boshlarida har bir hudud bo'linmalari o'zaro biznes raqobatga kirishdilar. Birinchi g'olib Andijondagi hududiy bo’linma bo'ldi. Iyun oyida kubok “Ucell-Navoiy” ga o'tdi. Yetakchi hudud jamoasiga g'olib nomi yozilgan Kubok va faxriy yorliq topshirildi. Dasturda ishtirok etgan har bir hudud xodimiga pul mukofoti berildi.
Dasturning asosiy maqsadi - yuqori natijalarga erishish uchun motivatsiya. Bugungi kunda Ucell oldida telekommunikatsiya infratuzilmasini eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan darajada modernizatsiya qilish vazifasi turibdi. Xususan, 2021 yil boshidan buyon Navoiy viloyatida quyidagilar ishga tushirildi:
57 ta - 4G tayanch stantsiyalari,
21 ta - 3G stantsiyalari
35 ts - 2G stantsiyalari.
Bugungi kunda 4G viloyat hududining 69,1 foizini qoplaydi. Tayanch stantsiyalariga texnik xizmat ko'rsatish, nosozliklarni kuzatish va bartaraf etish har kuni amalga oshiriladi. 2021 yil boshidan buyon Navoiy viloyatida 156 ta akkumulyator batareyalari (AKB) o'rnatildi va modernizatsiya qilindi va obyektlarga 7 ta yangi quyosh stantsiyalari o'rnatildi.
Kompaniya tarmog'idagi sifatli va miqdoriy o'zgarishlar trafik sarflanishiga ta'sir qiladi, shunga ko’ra LTE trafigi 2021 yilning 1-choragida Navoiy viloyatida o'tgan yilning 1-choragiga nisbatan 141% o'sdi.
  Bugungi kunda hududda 112 ta dilerlik markazlari mavjud.



Akrom Najimov, "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Ommaviy segmentning savdo va xizmat ko'rsatish departamenti direktori:
- Zamonaviy sharoitda samaradorlik ko'rsatkichlariga asoslangan boshqaruv tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday tizim Kompaniyaning strategik maqsadlarini biznes jarayonlari bilan bog'lashga imkon beradi. Ucell kompaniyasida biz muntazam ravishda savdo bo'yicha treninglar o'tkazamiz, xizmatlar sifatini doimiy ravishda tekshirib turamiz, xizmatlarni abonentlarning so'rovlariga moslashtiramiz va har kuni o’zaro fikr-mulohazalarni almashamiz. Bularning barchasi kompaniyaning siyosatini malakali ravishda shakllantirishga imkon beradi.
Eslatib o'taman, bizning asosiy maqsadimiz mamlakat aholisini yuqori tezlikda va barqaror Internetdan foydalanish imkoniyatini ta'minlashdir.
Hududiy bo’linmalar o'rtasidagi biznes raqobatining dastlabki ikki oyi natijalariga ko'ra sifat va miqdor o'zgarishlari allaqachon sezilib turibdi.
Global maqsadlarga erishish uchun barcha ishtirokchilar bir yo'nalishda harakat qilishlari zarur. Flagman dasturi ham xodimlarning manfaatlarini, ham butun jamoani birlashtirgan biznes manfaatlarini hisobga oladi va har bir jamoa a'zosi umumiy maqsadga erishish uchun o'z hissasini qo'shishga harakat qiladi.
Do'stona Ucell-Navoiy jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.



Alisher Gapparov, "Ucell-Navoiy" hududiy bo’linmasi direktori v.b.:
- Iyun oyida qanday qilib g'alaba qozondik? Dastlab biz har bir maqsad uchun aniq muddatlarni va aniq raqamlarni belgilab oldik.
Baholash mezonlarini sodda va tushunarli qildik. Hududiy bo’linmaning mavjud ko'rsatkichlarini yaxshilash uchun qanday choralar ko'rish kerakligini aniqlab oldik.
Biz barcha qatnashchilarga o'zlarining g'oyalari va mavjud ish faoliyatini yaxshilash bo'yicha takliflari bilan o'rtoqlashish imkoniyatini berdik. Muhokama natijalari bo'yicha umumiy qarorlar qabul qildik va barcha xodimlarga vazifalar yukladik. Biz Flagman Navoiy-deb nomlangan alohida Telegram guruhini ochdik va ushbu guruhda kunlik ko'rsatkichlarni kuzatib bordik.
Biz ushbu sohadagi front-ofis operatorlari va mobil dilerlar bilan birgalikda yangi va zamonaviylashtirilgan tayanch stantsiyalari ishga tushirilgan hududlarda joyida ulanishlarni tashkil qildik. Joylarda biz mahalla qo'mitalari bilan uchrashuvlar tashkil qildik va hududda aloqa sifatini oshirish bo'yicha ishlar to'g'risida ochiq suhbatlar o'tkazdik. Biz dilerlik markazlarining maksimal faolligini ta'minlash uchun dilerlarning ishini doimiy ravishda kuzatib bordik.
Savdo hajmini oshirish bo'yicha yangi strategiyalarni ishlab chiqishda davom etamiz.



Ucell har bir hududiy bo’linmaning g'alabasi Kompaniyaning har bir xodimining g'alabasi ekanligiga to’la ishonadi.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida Ucell eng yaxshi hayot sifatini hamma joyda mavjud va hammaga foydali qilishga harakat qiladi.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.