Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell kompaniyasi 4G hudud doirasini yetti martaga oshirdi
14IYN2021

Ucell kompaniyasi 4G hudud doirasini yetti martaga oshirdi



So'nggi uch yil ichida "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) har yili O'zbekistonning barcha hududlarida tarmoq imkoniyatlarini oshirib bormoqda. Texnologiyalar departamenti mijozlar manfaatlari uchun barcha infratuzilma tarkibiy qismlarini rivojlantiradi: tarmoq tezligini, quvvatini va qamrovini oshiradi.

2018 yil boshidan buyon operator kompaniyaning shu kungacha bo’lgan butun faoliyati davridan ko'proq 4G tayanch stantsiyalarini qurdi va ularning sonini 7 martaga oshirdi. Shunday qilib, agar 2018 yil dekabr oyida O'zbekistonda 4G qamrovi atigi 9,1 foizni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda mamlakat aholi punktlari hududining 71,6 foizi to'rtinchi avlod aloqasi qamrovi bilan ta'minlangan.



Tarmoq hajmi va qamrovi nafaqat yirik shaharlarda, balki kichik aholi punktlarida ham oshirildi. Yangi tayanch stantsiyalari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qurildi. Kompaniya Huawei, Nokia va ZTE kabi jahon telekommunikatsiya bozorining taniqli yetakchilari bilan hamkorlik qiladi.

Borish qiyin bo'lgan chekka hududlarda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish barcha mamlakatlarda juda qiyin jarayon deb hisoblanadi. Ba'zi tepaliklarga butlovchi qismlarni faqat vertolyotda yoki mehnatsevar eshshaklarda ko'tarish mumkin bo'lishi buning yaqqol sabablaridan biri hisoblanadi. Ucell texnik departamenti respublikaning barcha burchaklarida aloqa mavjudligiga alohida e'tibor bilan qaraydi. Shu yo’sinda, o'tgan yili 2850 metr balandlikda, Surxondaryo viloyati Sariosi tumanidagi "Bogcha" fuqarolar yig'ini tepasida tayanch stantiyasi o'rnatildi.



"Bog'cha" qishlog'idagi kabi elektr energiyasidan foydalanish qiyin bo'lgan va tashqi ta'sirlardan himoyalanmagan hududlarda stansiyalar muqobil quvvat manbalari bilan jihozlangan bo'lib, ularda quyosh asosiy energiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Agar quyosh panellaridan foydalanish qiyin bo'lsa, u holda stansiya dizel generatori yoki akkumulyator batareyalari bilan ishlaydi (.

Sardoba suv omboridagi texnogen falokat oqibatlari va Buxoro viloyatidagi bo'ronli shamol oqibatlarini bartaraf etish voqealari alternativ quvvat manbalarini favqulodda o'rnatishning yorqin namunasidir desak bo’ladi. Bundan roppa-rosa bir yil oldin, to'g'on buzilganida, 11 ta Ucell aloqa stantsiyalari quvvat manbaisiz qoldi va qayta tiklash ishlari olib borilayotgan paytda, ushbu stantsiyalar, Buxoro viloyatidagi tayanch stantsiyalari singari aloqa mobil generatorlar yordamida ishlab turishi ta’minlandi.

2018 yildan buyon Kompaniya 107 ta dizel generatorlarini (DGS) o'rnatdi va modernizatsiya qildi, 4500 ta akkumulyator batareyalarini (AKB) almashtirdi va obyektlarda 76 ta yangi quyosh elektr stantsiyalarini o'rnatdi.

Ucell bugungi kunda tayanch stantsiyalarni muqobil elektr energiyasi manbalari bilan ta'minlash bo'yicha sohaning yetakchisi hisoblanadi va kelajakda ham yetakchilikni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Tarmoqning mavjudligi ko'rsatkichi maxsus nazorat ostida bo’lib, bu ko’rsatkich akkumulyator batareyalarni muntazam yangilanib turilishi tufayli oshirib boriladi.
 



An'anaviy ravishda O'zbekistonda ilg'or texnologiyalarni joriy etishda kashfiyotchi sifatida faoliyat yuritayotgan Ucell, o'tgan yili poytaxtdagi barcha metro stantsiyalarini uyali aloqa va internet bilan ta'minladi. Va yaqinda u o'z abonentlari uchun 5G - beshinchi avlod aloqalari mavjudligini e'lon qildi.

Aloqa sifatidagi o'zgarishlar trafik sarflanishiga o’z ta'sirini ko’rsatadi.
LTE trafigi 2021 yilning birinchi choragida o'tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 177 foizga o'sdi.
Uning Internet-trafik umumiy hajmidagi ulushi (4G + 3G + 2G) o'sdi va 62 foizni tashkil etadi.

2020 yil avgust oyidan boshlab kompaniya abonentlar soni bo'yicha yetakchi o'rinni egallab kelmoqda.
Va bu kompaniya mutaxassislari uchun chegara emas. Kelgusi ikki yilda tarmoqni keng miqyosda o'zgartirish, transformatsiya qilish rejalashtirilgan. 



2021 yil 1-iyun holatiga ko'ra 2G O'zbekiston hududining 97,8 foizini qamrab olgan.
Kompaniyaning 3G tarmog'i mamlakatning 73,2 foiz aholi punktlarini qamrab oladi.
4G tarmog'i yirik shahar va aholi punktlari hududining 71,6 foizini qamrab oladi.

O'zbekistondagi eng yirik uyali aloqa operatori Ucell joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida har joyda hayotning yanada sifatli bo'lishi va hamma uchun foydali bo'lishini ta'minlashga intiladi.

https://xabar.uz/uz/vfva

Bizni kuzatib boring: Telegram,  Instagram,  Facebook,  TikTok,  Twitter,  Ok,  Vk,  Youtube,  Mover
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.