Sentyabr oyining oxirida, har yili o'tkaziladigan ICTEXPO 2019 ko'rgazmasida, Ucell istiqbolli beshinchi avlod yuqori tezlikdagi keng tarmoqli simsiz ulanish texnologiyasi – 5Gni rasman taqdim etdi. Buni shubxasiz yilning yutug'i deb atash mumkin: ulanish tezligi 1 Gbit / s dan oshdi. Toshkent Cityda birinchi tayanch stansiyasi ishga tushdi.
"COSCOM" MCHJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) O'zbekistonda birinchilar qatorida ma'lumotlarning mobil uzatilishini sinovdan o'tkazdi. Sinov 5G standartini qo'llab-quvvatlaydigan HUAWEI Mate 20 X va ZTE Axon 10 Pro 5G telefonlari yordamida amalga oshirildi.
5G tarmoqlarida ma'lumot uzatish tezligi 4G tarmoqlariga qaraganda 10-100 baravar yuqori. Bundan tashqari, ma'lumotlarni yuklab ollish jarayonida tarmoq minimal kutish vaqtini yaratadi va sun'iy intellekt, virtual haqiqatni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi. Bunday tezlikka qanday erishiladi degan savol tug`iladi? Bu, albatta, sehr emas.
Oson deb o'ylamang. Radio ulanish tarmog'i bo'limi boshlig'i
Xusan Nabievning so'zlariga ko'ra:
— Barcha gap diapozonda va uskunalr ishinining texnik xususiyatlarida. Tezlik yuqori chastotalarga o'tish va maxsus texnik yechimlar yordami tufayli oshadi. Diapazonlar chastotasi uch toifaga bo'linadi. Muayyan chastotani ishlatish byudjet, hudud, bandlik va ko'plab boshqa omillarga bog'liq. Shuning uchun 5G tarmog'i faqat real talablarga muvofiq holda rivojlanadi. Biz bugungi kunda juda mashhur CBand diapazonlar chastotasi foydalanamiz. U o'rtacha ko'rsatkichlarga ega. Bu juda yaxshi, chunki anchagina qoplam bilan u yaxshi quvvatga ega, bu degani ko`plab uskunalar bir vaqtning o'zida ishlay oladi. O'rnatgan baza stantsiyamiz to'la quvvatda 1 dan 2 km gacha bo'lgan masofani qoplay oladi.
Insoniyat hali beshinchi avlod tarmog'ining barcha imkoniyatlarini bilmaydi. Ushbu sohadagi mutaxassislarning ta'kidlashicha, 15 yildan keyin 5G tufayli yangi kasblar va 22 million yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi.
5G innovatsion satrtaplar va tarmoqning imkoniyatlari bilan tajriba o'tkazishni istagan yangi kompaniyalar uchun katta imkoniyatlarni taklif etadi. Agar kelajak haqida aytadigan bo'lsak, unda 5G tarmoqlari simli uy Internetini orniga egallashi mumkin. Kabellar bo'lmaydi, signal Wi-Fi routeriga chaqnash orqali yuboriladi. Boshga tushganni ko‘z ko‘rar deydilar.
Sinov ishlari hali ham davom etmoqda. Kompaniyaning muhandislari tarmoqni 2020 yilda bo'lib o'tadigan tijorat ishga tushish marosimiga tayyorlamoqdalar.