Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell sifat menejmenti yana bir bor tasdiqlandi
21AVG2020

Ucell sifat menejmenti yana bir bor tasdiqlandi



O’tgan haftada Kompaniyada amaldagi sifat menejmenti tizimining faoliyati bo’yicha birinchi audit tekshiruvi o'tkazildi.
Audit tekshiruvi "Russkiy Registr" - "Russkiy Registr – Srednaya Azia" xalqaro sertifikatlash assotsiatsiyasi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o'tkazildi.

"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) 2004 yilda O'zbekiston telekommunikatsiya bozorida birinchi bo'lib xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan sifat menejmenti tizimining muvofiqlik darajasini tasdiqlaydigan ISO 9001: 2000 xalqaro sertifikatiga ega bo'lgan.
Uyali aloqa sohasidagi yetakchi kompaniya sifatida Ucell doimiy ravishda biznes-jarayonlarni optimallashtirish ustida ish olib boradi.
Yillik nazorat auditini o’tkazishning asosiy maqsadlari:
— Kompaniyaning sifat menejmenti tizimining ISO 9001: 2015 talablariga muvofiqligini aniqlash;
— natijadorlik mezonlari, samaradorlik, baholash parametrlari, xatarlar, biznes jarayonlarning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi dalillarni olish;
— faoliyatni optimallashtirish zarurligini aniqlash;
  — Xalqaro muvofiqlik Sertifikatlarining amal qilishini tasdiqlash: RR QMS, IQ Net va Uz SMT milliy muvofiqlik sertifikatlari.

Tekshiruv auditi koronavirus (COVID-19) infektsiyasiga qarshi kurashning karantin talablariga qat'iy muvofiq ravishda o'tkazildi.
Unda Kompaniyaning barcha tarkibiy bo'linmalari, shu jumladan "Ucell - Guliston" va "Ucell-Nukus" hududiy bo'linmalarining rahbarlari va xodimlari ishtirok etdishdi.

Audit natijalariga ko'ra sifat menejmenti tizimi ISO 9001: 2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik muddati yana bir yilga tasdiqlandi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.