Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell ko’ngillilari: yordam ko’rsatish strategiyasi
25AVG2020

Ucell ko’ngillilari: yordam ko’rsatish strategiyasi

"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi), o'zini O'zbekistonning ijtimoiy mas'uliyatli korporativ fuqarosi deb biladi.
Ucell xodimlari har doim chin yurakdan muhtojlarga yordam berishadi. Aynan shuning uchun bir vaqtlar ko'ngillilar guruhi tuzilgan edi. Uning birlamchi maqsadi xodimlarga va ularning farzandlariga yordam berishdan iborat edi. Guruh a’zolari soni asta-sekin o'sib bordi va har oyda yordam berish istagida bo’lgan ko'ngillilar soni tobora ko'payib bordi. Hududiy bo’linmalardagi xodimlar ham qo’shila boshlashdi. Bugungi kunda Ucell ko'ngillilari soni Kompaniyaning barcha bo'linmalaridan kelib qo’shilgan 650 kishidan oshadi.

Shu yilning o'zida ko'ngillilar o'ndan ortiq oilalarga yordam qo'lini cho'zdilar, Sardobada jabrlanganlarga yordam berish uchun hayriya tashkil qildilar va muhtojlarga yordam berishda davom etib kelishmoqda.



Feruza Yusupova, jarayonlarni va sifat menejmenti tizimini boshqarish bo’limining yetakchi mutaxassisi, ko'ngillilar guruhining faoli:
— Dastlab, guruh oz sonli xodimlardan iborat edi. O'sha paytda, har bir qavatda hayriya mablag’i yig'ish uchun oynavand qutilar turardi va xodimlar istagan paytida u yerga pul tashlashlari mumkin bo’lardi. Ba'zi hollarda, biz Kompaniya elektron pochtasi orqali xabarlar jo’natardik va mablag’ to'plashni tashkil qilardik. Endilikda barcha mablag’ to’plash ishlari alohida "Ucell Volunteers" Telegram guruhi orqali amalga oshiriladi. Har bir murojaat diqqat bilan tekshiriladi, chunki firibgarlik holatlari ko'payib qolgan.
Pandemiyadan oldin biz Kompaniya binosida uchrashuvlar va tantanalarni tashkil qilardik. Xayriya yarmarkalari bo'lib o'tardi, unda xodimlar o'zlari ovqat tayyorlab sotishardi va sotuvdan tushgan barcha mablag'lar yordam berish uchun umumiy fondga kelib tushardi. Uyushma vakillari keksalar, urush faxriylari va yolg'iz keksa kishilar uchun mo’ljallangan uylarga va mehribonlik uylariga tez-tez tashrif buyurib turishardi.
Bu yil guruh alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Ucell ko'ngillilari pandemiya paytida qiyin ahvolga tushib qolgan ko'plab insonlar uchun mablag' yig'ishni tashkil qilishdi.


Arxiv fotosurat.


Mariya Uglitskix, kontent-xizmatlarni ishga tushirish bo'limi boshlig'i, ko'ngillilar guruhining faoli:
— 2016 yilda jamoamiz atigi besh nafar ko'ngilli faollardan iborat edi. Biroq, ancha ilgari ham jo’natuvlar, pochta qutilari orqali yordam berish ishlari amalga oshirilgan.
Ushbu guruh faoliyatida haqiqiy o'sish karantin boshlanishi bilan ro'y berdi.
Sardobadagi toshqinlardan so'ng ko'ngillilar safiga qo'shilishni istaganlar soni ko'paydi. Dastlab to'g'on buzilgan hududda jabrlangan aholi uchun birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida 25 million so'mdan ortiq mablag' yig'ilib, ular uchun oziq-ovqat va asosiy zaruriy narsalar sotib olindi. Bolalar va kattalar uchun juda ko'p kiyim-kechaklar to'plandi. Ucell ko'ngillilarining insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun xizmat transport vositalari ajratildi.
Hozirgi vaqtda ko'ngillilar tarkibiga Kompaniyaning barcha hududiy bo’linmalaridan vakillar kirishgan. Aniq harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, ko’ngillilarimiz tomonidan uchinchi tomon ko'ngillilarining katta guruhini tuzildi, bu yerda firibgarlar haqidagi ma'lumotlar kiritib boriladi.
Guruh, COVID-19 bilan kasallangan Kompaniya xodimlarini qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga: ayollar va oziq-ovqat va dori-darmonsiz qolgan bolalar, nogironlar va faxriylarga yordam ko'rsatishni ko'zda tutadi.

Ko’ngillilar tomonidan yig’ilgan barcha mablag’lar, ishtirokchilarning shaxsiy hisobidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Kompaniya har yili ekologik va xayriya tadbirlari uchun alohida byudjet ajratadi. Masalan, bu yil va o'tgan yili uchta daraxt ekish tadbirlari tashkil etildi, homiylik yordami ko'rsatildi va Al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda kompyuter sinfi jihozlandi. Ucellning barcha viloyatlardagi xodimlari bir kunlik ish haqini "Mehr-shafqat" jamoat fondiga o'tkazib berdilar, "Qon donorlik kunlari" uyushtirdilar va bular hali hammasi emas.

Kompaniya o'z ko'ngillilari bilan faxrlanadi va aholining zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga, ekologik va xayriya tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyor.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.