Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell-Andijon" mintaqaviy ofisidan videoreportaj
12IYN2020

"Ucell-Andijon" mintaqaviy ofisidan videoreportaj



Bugungi kunda «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) mobil' aloqa bozorida peshqadam bo‘lib bormoqda. Bu, birinchi navbatda, eng so‘nggi texnologiyalarga investisiyalar kiritish va abonentlarga individual yondoshish bilan bog‘liq, deyishmoqda kompaniya mutaxassislari.

«Xabar.uz» ijodiy guruhi Ucell kompaniyasining hududlardagi ofislari faoliyati haqida videoreportajlar tayyorlamoqda. Bu safar kameralarimiz «Ucell-Andijon» mintaqaviy filialiga qaratildi.

«Ucell-Andijon» mintaqaviy filialining abonent bazasi 748,462 ming abonentni tashkil etadi. Har kuni front-ofislar yuzdan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.



Andijon viloyatida Ucell mobil' aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi 154 dilerlik punkti va 243 savdo nuqtalari mavjud bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida dilerlik punktlarida monitoringlar olib borilmoqda va operatorlarni o‘qitish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

«Biz viloyatning barcha hududlarini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta'minlashga harakat qilmoqdamiz. O‘tgan yili muhandislar bilan birgalikda aloqa sifatini o‘rganish va uni yaxshilash maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etdik. Ushbu uchrashuvlar natijalari bo‘yicha tarmoqni 2020-2022 yillargacha rivojlantirishning rejasi tuzildi. Karantin davrida biz ishchilarni har kuni uyidan ish joyiga olib kelib, olib borib qo‘yishni tashkil qildik. Ish joyida barcha xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan. Har kuni ofisda 4 marta dezinfiksiya amalga oshiriladi», — deydi «Ucell-Andijon» mintaqaviy filiali direktori Baxtiyorjon Turdiev.

Manba:https://xabar.uz/4o3f


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.