Farg'onada "Ucell-Fargona" jamoasini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy hududiy bo’linmaning motivatsiyon dastur g'oliblariga kubok va esdalik diplomini topshirdi. Dasturda ishtirok etgan xodimlarga pul mukofoti beriladi.
Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy:
- Xulosa qilish natijasida "Flagman" motivatsiyon dasturining g'olibi aniqlandi. Farg'ona viloyati boshqarmasi abonentlarni ulash ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshiladi. O'sish 59 foizni tashkil etdi. Juda yaxshi natija, umid qilamanki, kelajakda ushbu holat ish jarayoni bilan mustahkamlanadi.
Sanjar Umarov "Ucell-Fargona" hududiy bo’linmasi direktori v.b.:
- Avgust oyida "Ucell-Fargona" hududiy bo’linmasi jamoasi viloyatdagi abonentlar bazasini jalb qilish va ko'paytirish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirdi.
Dasturni amalga oshirish jarayonida "Ucell-Fargona" ning har bir xodimi o'zini sohaning mutaxassisi sifatida ko'rsatib, hududning natijasi va ko'rsatkichlariga e'tibor qaratdi.
Bizning g'alabamiz shuni ko'rsatadiki, muvaffaqiyatga faqat har bir xodimning kundalik sa'y-harakatlari, yaxshi muvofiqlashtirilgan va uyushgan mehnati bilan erishish mumkin.
Alohida ta'kidlash joizki, avgust oyida Kompaniya rahbariyati Farg'ona viloyatini rivojlantirish loyihasini amalga oshirdi.