Toshkentning uchta tumanida va mamlakatning yana uchta shahlarida daraxt ekish joylariga esdalik taxtachalari o'rnatildi. Islom Karimov nomidagi aeroport yaqinidagi birinchi ekologik tadbirdan beri deyarli 2 ming ko'chat shaharlarga sovg'a qilindi. Bularning barchasi poytaxt va viloyatlar hokimliklari ko'magi bilan Ucell xodimlari tufayli amalga oshdi.
Sakkizta ko'chat o'tqazadigan joylarning har biriga o’tkazilgan ekologik aksiya haqida esdalik taxtachalari topshirildi. Umumiy hisobda O’zbekistonning to’rtta shahrida 19ta taxtachalar o‘rnatildi. Bulardan maqsad o'simliklarni muhofaza qilish va O'zbekiston shaharlarini ko'kalamzorlashtirishni qo'llab-quvvatlashga e'tiborni jalb qilishdir.
Ucell shahar aholisi va boshqa kompaniyalar ham yangi 2021 yilda ekologik harakatga qo'shilishlariga umid qilmoqda.
Bugungi kunga qadar ekologik aksiyalar doirasida “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) butun mamlakat bo'ylab 1853 ta ko'chat o'tqazdi. Turli xil o'simlik turlari orasida pavlovnia, hind sireni, zarang daraxti, Lankaran akasiyasi, ispan droki, kashtan va chinor daraxtlari tanlab olindi.
Daraxtlar va butalar turi har bir aniq joy uchun iqlim va parvarish talablariga qarab tanlangan.
Aksiyani tashkil etishni boshlashdan oldin bir nechta mezonlar hisobga olingan. Bunday mezonlardan biri muntazam sug'orishga bo’lgan qulaylik. Daraxtlar kerakli parvarish bilan ta'minlanishiga ishonch hosil qilingandan keyingina amalga oshirish ishlari boshlandi.
O'tkaziladigan aksiyalar soni sezilarli darajada oshdi va ularning jo’g’rofiyasi kengaydi. Endi bu nafaqat Toshkent, balki Termiz, Navoiy va Qarshi.
Istalgan odam yoki kompaniya bo'lsin, “yashil harakatni” har kim qo'llab-quvvatlashi mumkin. Shahar o'z qahramonlarini bilishi kerak: uning qahramonlari oxir-oqibat oddiy odamlar - bizlar.