Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Kun.uz: so'nggi avloddagi 5G Ucell uyali aloqasi
05OKT2022

Kun.uz: so'nggi avloddagi 5G Ucell uyali aloqasi



Sizning eʼtiboringizga "Kun.uz" yangiliklar nashrining jurnalisti Shuxrat Shokirjonovning maqolasini taqdim etamiz:

 
Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitini oʼtkazishga tayyorgarlik koʼrish davomida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur nufuzli xalqaro anjuman arafasida Samarqandda Ucell aloqa operatori 5G standartidagi uyali aloqani ishga tushirdi.
 
Samarqandni rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish, yangi infratuzilma obektlarini qurishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ham hissasi salmoqli bo‘ldi.
 
Ishonchli telefon va uyali aloqasi, tezkor internet bilan ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatli vazifani O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlar, shu jumladan, «COSCOM» OAJ (Ucell savdo belgisi) bajardi.
 

 
Umuman olganda, Ucell tomonidan Samarqand viloyati hududida 2022 yilning 9 oyi mobaynida 2G, 3G, 4G LTE formatida aloqani ta’minlovchi 325 ta obekt ishga tushirilgan ekan.
 
Bularning orasida eng zamonaviy 5G — beshinchi avlod aloqa standartining 20ta obekti ishga tushirilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
 
Hozir 5G aloqa standarti Samarqanddagi uchta hududda — «Samarqand» xalqaro aeroporti, Silk Road Samarkand turistik markazi va Samarqand shahrining markaziy tarixiy qismlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Samarqandning kirish darvozasi — yangi barpo etilgan xalqaro aeroport hududini ham ichkaridan, ham tashqaridan to‘liq qoplashni ta’minlash uchun bitta tashqi tayanch stansiya qurish va ichkarida butun bir kompleks barpo etishga qaror qilindi.
 

Ayni paytda tashqi tayanch stansiya aeroport yaqin-atrofidagi hudud (avtoturargohlar, kirishdagi yo‘llar, aeroportning tashqi hududi, shuningdek, aeroport ortidagi zaxira hudud)ni 2G/3G/4G aloqa bilan ta’minlaydi.
 
Aeroport ichki kompleksining barcha terminal qavatlari, xususan, yerto‘la hududi esa 3G/4G/5G aloqa bilan ta’minlangan.
 
Silk Road Samarkand turistik markazi
 
Samarqand turistik markazi obektlarini qurish bosqichidayoq, sifatli va muntazam aloqani ta’minlash uchun suv uzatish minorasida tayanch stansiya o‘rnatildi.
 

 
«Ucell-Samarqand» hududiy bo‘limi direktori Emil Kurtnazarovning tushuntirishicha, keyinroq, turistik markaz perimetri bo‘ylab to‘rtta yangi tayanch stansiyalari qurilgan.
 



 
Bundan tashqari, Silk Road Samarkand turistik markazida joylashgan mehmonxonalarning maxsus oynalarini hisobga olgan holda, u yerdagi har 9 ta obektni 2G/3G/4G aloqa bilan ichkaridan qamrab olishga qaror qilindi. Ayni paytda, mehmonxonalarda 5G aloqasi bilan ta’minlangan VIP hududlar ham mavjud. Yakunda jami 5ta tashqi va 9ta bino ichkarisidagi obekt qurildi.
 
Samarqand shahridagi hududlar
 
Samarqandda o‘tadigan ShHT sammiti arafasida 2G/3G/4G/5G aloqasi bilan nafaqat Silk Road Samarkand turistik markazi hududi, balki Samarqand shahrining ayrim qismlarini ham qamrab olish rejalashtirilgan edi. Tayanch stansiyani ishga tushirishda asosiy o‘ringa ega obektlar shaharga va magistral liniyalarga tortib kelindi. 8ta 4G formatidagi stansiya modernizatsiya qilindi va 29 yangi tayanch stansiya foydalanishga topshirildi.
 

 
Samarqandliklar uchun sevimli dam olish va savdo qilish markaziga aylangan yana bir hudud — Family Park savdo-ko‘ngilochar markazida ham 5G standartidagi aloqa ishga tushirilgan. Bu yerda (shuningdek, kompaniyaning Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan mahalliy ofisida) Ucell kompaniyasiga ulanishdan tashqari, 5G formatidagi turli zamonaviy uyali telefonlarni maxsus aksiya doirasida manfaatli muddatli to‘lov evaziga xarid qilish mumkin. Bunday xarid qilishda chiroyli raqamlar tekinga beriladi, shuningdek tanlangan tarif rejadan 6 oy tekin foydalanish imkoniyati ham taqdim etiladi. Gadjetlarning turiga qarab turli bonuslar va sovg‘alar ham beriladi.
 

 
Biz turli gadjetlarda tekshirib ko‘rganimizda, 5G standartidagi aloqani qo‘llay oladigan gadjetlar soniyasiga 600 Mbitdan ziyod tezlikda ulanmoqda.
 

 
Emil Kurtnazarovning aytishicha, yaqin kunlarda 5G standartidagi mobil aloqadan foydalanuvchilar uchun o‘ta yuqori tezlikdagi internetdan tekin foydalanish bo‘yicha maxsus tarif planlar ishlab chiqib, joriy etish ustida ish olib borilmoqda. Demak, Ucell foydalanuvchilari uchun bu ham yaqinda ajoyib bir yangilik bo‘ladi.
 

 
Shuningdek, kelgusida viloyat tumanlarini sifatli 4G LTE tarmog‘i bilan, Samarqand shahrida esa 5G tarmog‘ini kengaytirish ustida ishlar olib boriladi. Bularning barchasi nafaqat samarqandliklar, Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlar, ayniqsa xorijlik turistlar uchun sifatli internet aloqasini ta’minlash uchun qilinmoqda.
 
Manba: Camarqandda Ucell so‘nggi avloddagi 5G uyali aloqasini muvaffaqiyatli ishga tushirdi (kun.uz)
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.